VISKOZIMETRIYA

VISKOZIMETRIYA — fizikaning qovushoqlikni oʻlchash bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Gaz va suyuqliklarning qovushoqligini past va yuqori t-ralar hamda bosimli sharoitlarda oʻlchashga toʻgʻri keladi. Mac, suyultirilgan gazlar, eritilgan metallar, yuqori bosimli suv bugi va b. ning qovushoqligini oʻlchash ancha murakkab. Viskozimetriya ana shunday sharoitlarda qovushoqlikni oʻlchash masalalarini hal qilish bilan shugʻullanadi. Qovushoqlikni oʻlchashning 4 asosiy usuli: kapillyar, rotatsion, sharchali va ultratovush usullari keng tarqalgan. Bularning ishi tegishlicha Puazeyl qonuni, Stoke konuni va oʻqdosh silindrlar orasida suyuqlikning oqish qonuniyatlariga asoslangan (q. Viskozimetr).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x