VISKOZA TOLALAR

VISKOZA TOLALAR — tabiiy sellyulozani kimyoviy usulda qayta ishlab olinadigan sunʼiy tolalar. Yogʻoch sellyulozasi, arzon ximikatlar Viskoza tolalar uchun xom ashyo hisoblanadi. Viskoza tolalar olish uchun sellyuloza 18% li ishqor eritmasiga solinadi. Ishqorlangan sellyuloza uglerod sulfid bilan ishlanib, sellyuloza ksantogenati hosil qilinadi. Ksantogenat oʻz navbatida kuchsiz oʻyuvchi natriy eritmasida eritiladi. Olingan qovushoq eritma — viskoza filtrlanadi, 1—2 sutka yetiltiriladi, soʻngra mayda teshikcha (filyera) lar orqali oʻtkazilib, sulfat kislota va uning tuzlari solingan choʻktirish vannalariga kuyiladi. Bu yerda tola qotadi, keyin suvda yuviladi va gʻaltaklarga oʻrab olinadi. Viskoza tolalarni sanoatda i. ch. dastlab 1905-y. da Angliyada boshlangan, keyin boshqa davlatlarga tarqalgan. Hozir Viskoza tolalar ishlab chiqarish hajmi boshqa sunʼiy tolalar hajmining taxm. 40—45% ini tashkil qiladi. Viskoza tolalar toʻqimachilik va kord iplari, shtapel tolalar holida ishlab chiqariladi. Viskoza tolalardan toʻqilgan gazlamani boʻyash oson, u gigiyena talablariga javob beradi, xom ashyosi arzon. Kamchiligi — nam tekkanda pishikligini ancha yoʻqotadi, gʻijimlanuvchan boʻladi. Maxsus tarkib bilan ishlov berib, bu kamchiliklarni yoʻqotish mumkin. Viskoza tolalarni paxta, jun, shtapel tolalarga qoʻshib, undan turli-tuman gazlamalar toʻqiladi. Viskoza tolalardan shoyi va shtapel gazlamalar, trikotaj buyumlar, texnikaviy mahsulotlar olish, ulardan toʻqilgan gazlamalardan kiyimlar tikish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x