VINT

VINT (nem. Gewinde — qirqma, rezba) — 1) rezbali silindrik sterjen. Mashina va stanoklarning qismlarini harakatlantirish (yurgizish vinti) uchun moʻljallangan, detallarni bir-biriga biriktirish (biriktirish vinti) uchun ishlatiladigan xillari boʻladi. Birinchisida Vint vintli uzatmaning yetakchi zvenosi hisoblanadi. Yetaklanuvchi zveno yetakchi zveno rezbasiga monand rezba kesilgan reykadan iborat boʻladi. Ikkinchisida sterjenga tashqi rezba kesiladi, kallagida shlitsa (buragich, yaʼni otvertka uchun ariqcha) boʻladi;

2) vertolyot, samolyot kemaning harakatlanishini taʼminlaydigan vintsimon parrakli val (havo V. i., eshkak V.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x