VIMA KADFIZ

VIMA KADFIZ, Kadfiz II (mil. 1-a.) — Kushon podsholigi shohlaridan — kushonshoh (47—78). Kujula Kadfizning oʻgʻli va vorisi. Taxm. 30 yil podsholik qilgan. Vima Kadfiz davrida Kushon podsholigi hududi kengaygan, xususan Hindistonning bir qismi qoʻshib olingan. Vima Kadfiz davrida pul islohoti oʻtkazilgan, tangalar oltin va misdan zarb qilingan. Oltin tangalar: 1 di-nor (8 g ga yaqin), 2 dinor, 1/4 dinor va ehtimol 1/2 dinor qiymati bilan chiqarilgan. Vima Kadfiz davrida Kushon podsholigining siyosiy markazi Sugdda boʻlib, Hindistondagi mulklarni noiblar boshqargan. Vima Kadfiz zarb etgan tangalarning orqa tomonida hindlarning Shiva xudosi bilan buqazebu, oldi tomonida esa Vima Kadfizning mehrob oldida turgan surati aks etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x