VILYUY

VILYUY — Sharqiy Sibirning gʻarbidagi daryo, Lenaning chap irmogʻi. Oʻrta Sibir yassitogʻligidan boshlanib Yakutsk sh. dan 300 km oʻtgach, Lena daryosiga quyiladi. Uz 2650 km, havzasining mayd. 454 ming km2. Yuqori va quyi oqimlari keng vodiydan osoyishta oqadi. Vilyuy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1480 m3/sek. Okt. ning oʻrtalaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Vilyuyda quyilish yeridan 1371 km masofada kema qatnaydi. Chernishevskiy posyolkasida GES va suv ombori qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x