Vilprafen Solyutabс рецептом

Makrolidlar guruhiga mansub antibakterial preparat.

Ta’sir mexanizmi ribosomalarning 50S-subbirligi bilan qaytuvchan bog‘lanishi oqibatida mikrob hujayrasida oqsil sintezini buzilishi bilan bog‘liq.

Terapevtik kontentratsiyalarda, odatda, bakteriyalarni o‘sishi va ko‘payishini sekinlashtirib, bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi.

Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori kontentratsiyalari hosil bo‘lganida bakteritsid ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Djozamitsin grammusbat bakteriyalar (Staphylococcus spp., shu jumladan Staphylococcus aureus ning metitsillinga sezgir shtammlari), Streptococcus spp., shu jumladan Streptococcus pyogenes va Streptococcus pneumoniae, Corynebacterium diphteriae, Listeria monocytogenes, Propionibacterium acnes, Bacillus anthracis, Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.), grammanfiy bakteriyalar (Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae, Moraxella catarrhalis, Bordetella spp., Brucella spp., Legionella spp., Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Helicobacter pylori, Campylobacter jejuni), (Bacteroides fragilis ning sezgirligi o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin), Chlamydia spp., shu jumladan, Chlamydia trachomatis, Chlamydophila spp., shu jumladan, Chlamydophila pneumoniae (ilgari Chlamydia pneumoniae deb nomlangan), Mycoplasma spp., shu jumladan, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Mycoplasma genitalium, Ureaplasma spp., Treponema pallidum, Borrelia burgdorferi larga nisbatan faol.

Djozamitsin, odatda, enterobakteriyalarga nisbatan faol emas, shuning uchun me’da-ichak yo‘llaridagi mikrofloraga biroz ta’sir ko‘rsatadi.

Qator hollarda eritromitsin va 14- va 15-halqali makrolidlarga mikroorganizmlar (streptokokklar, stafilokokklar)ning rezistentligi bo‘lganida ham preparat o‘zining faolligini saqlab qoladi.

Djozamitsinga rezistentlik, 14- va 15-halqali makrolidlarga nisbatan kamroq uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x