VILNYUS UNIVERSITETI

VILNYUS UNIVERSITETI — Litvadagi eng yirik va koʻhna un-t. 1579-y. Vilnyus akademiyasi sifatida tashkil etilgan. 1832-y. da yopilgan. 1919-y. da qayta tuzilgan. Mat., fizika, biol., kimyo, iqtisod va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Tibbiyot xodimlari va oʻqituvchilarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻlimi mavjud. 17 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Ilmiy kutubxonasi (1570-y. da tashkil etilgan)da 2,5 mln. dan ortiq asar saklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x