VIJAYAVADA

VIJAYAVADA, Bezvada — Hindistonning jan.-sharqidagi shahar, Andhra-Pradesh shtatida. Krishna daryosining Bengaliya qoʻltigʻiga quyilish yeri yaqinida joylashgan. Aholisi 700 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Shahardan Madras, Kalkutta va Haydarobodga muhim t. y. va avtomobil yoʻllari oʻtgan. Vijayavadada mashinasozlik, qurilish, sement, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. V. yaqinida yerlarni sugʻorish uchun Krishna daryosiga irrigatsiya inshootlari qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x