VIDEOYOZUV

VIDEOYOZUV — televizion, radiolokatsion va b. tasvir hamda tovush signallarini magnit lentaga, diskka (q. Magnit yozuv) yoki kinolentaga (q. Fotografik yozuv) yozib olish va qayta koʻrsatish hamda eshittirish. Telekoʻrsatuvlar, videofilmlar, hujjatli va badiiy dasturlarni saqlab qoʻyish va zarur paytlarda tovushli qilib qayta koʻrsatishga imkon beradi. Videoyozuvdan oʻquv maqsadlarida ham keng foydalaniladi. Videoyozuvni videomagnitofon orqali amalga oshirishning signallarni kinolentaga yozib olishdan ancha afzalligi bor, chunki unda plyonkaga ishlov berish, bosib chiqarish va montaj qilishdek murakkab jarayonlarga ehtiyoj boʻlmaydi. Videomagnitofonda dasturni toʻliq, qisman, u yer, bu yeridan koʻrsataverish mumkin. Bir lentaning oʻziga bir necha marta qayta Videoyozuvni amalga oshirish mumkin. Hujjatli teledasturlar (reportaj, intervyu, suhbat va b.) ni tayyorlashda Videoyozuv tomoshabinda «oʻzi ham ishtirok etish» taassurotyni hosil qiladi. Videoyozuv yordamida «zamon va makon» muammosi ijobiy hal etiladi, chunki u vaqt ham «tanlamaydi», joyni ham «pisand qilmaydi», yaʼni Videoyozuvni hamma vaqg, hamma yerda qoʻllash mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x