VIDEOMAGNITOFON

VIDEOMAGNITOFON (video… va magnitofon) — tasvir va tovushlarning yuqori sifatli elektr signallarini magnit lenta (disk)ga yozib olib, uni qayta koʻrsatish va eshittirishga imkon beradigan apparat. Birinchi Videomagnitofon 1950-y. lar oxirida AQSHda keyin bosh-qa mamlakatlarda yaratildi. Magnit lentali Videomagnitofonning asosiy qismi aylanuvchi videokanallarni sozlaydigan tyuner va lenta tortuvchi mexanizm, signallarni yozib olish — qayta eshittirish kanallari, lenta oʻrashni va videokallakning aylanish chastotasini rostlovchi tizimlardan, boshqarish blovdan iborat. Videomagnitofon ishlatilishiga koʻra roʻzgʻorda ishlatiladigan, professional va maxsus xillarga, bir joyga oʻrnatiladigan va bir joydan ikkinchi joyga olib boriladigan xillarga, rangli va oq-qora tasvirda koʻrsatadigan xillarga boʻlinadi. Yozib olish vaqtida tasvir va tovushlarning elektromagnit signallari televizion priyomnikdan (yoki boshqa qurilmalardan) Videomagnitofonga keladi va magnit lentaga (diskka) yozib olinadi. Qayta koʻrsatishda magnit lenta (disk) dan tasvir va tovushlarning elektromagnit signallari televizion priyomnikka (qabul qilgichga) keladi va teleekranda tasvir (tovush bilan birgalikda) hosil boʻladi. Videomagnitofonda kadrni vaqtincha toʻxtatib turadigan kurilmasi bor. V. da rang beruvchi signallarga ishlov berishning 3 ta tizimi (sistemasi) bor: SEKAM, PAL va NTSS. Bir tizimdan boshqasiga oʻtkazish uchun ularning mikrosxemalari oʻzgartiriladi yoki televizorga oʻrnatilgan dekoder yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy Videomagnitofon larga rangli tasvirlarni va tovushni raqamli yozib olish va qayta koʻrsatish tadbiq etilgan. Bu bilan tasvir va tovush sifati bir mecha martaga yaxshilandi va Videomagnitofonning oʻzi ixchamlashtirildi. Videomagnitofon televideniyeda, i. t. da, tibbiyotda, sportda, oʻquv mashgʻulotlari va b. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x