VICHEGDA

VICHEGDA — RF Yevropa qismining shim. dagi daryo, Shim. Dvinaning oʻng irmogʻi. Uz. 1130 km. Havzasining mayd. 121 km2. Timan qirlarining jan. chekkasidan boshlanadi. Vichegdaning yuqori qismida ostonalar bor. Quyi qismida botqoqli koʻlmaklar hosil boʻlgan. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Oʻrtacha suv sarfi 116 m3/sek. Yogʻoch oqiziladi. Noyab. boshlarida muzlab, apr. oxirlarida muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqdari: Shim. Keltma, Sisola, Vishera, Vim. Voldino pristanigacha (938 km) kema qatnaydi. Vichegda boʻyida Siktivkar, Solvichegodsk, Kotlas (quyilish yerida) sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x