VEZUVIY

VEZUVIY — Yevropaning materik qismidagi soʻnmagan yagona vulkan. Apennin ya. o. da, Neapol sh. yaqinida (Jan. Italiya). 3 konus hosil qilgan. Ichki, eng kattasi va yoshi Vezuviy boʻlib, bal. 1277 m. Krateridan va yangi oqib chiqqan lava orasidan t-rasi 400° li suv bugʻlari va gazlar chiqib turadi. Vezuviy otilganda bazaltli lava oqib chiqadi. Ana shu paytlarda koʻpincha momaqaldiroq boʻlib, jala quyadi; yomgʻir suvi kul bilan arala-ib sel hosil qiladi. Mil. 79 y. da Pompey, Gerkulanum va Stabiya sh. lari shunday oqim ostida qolib ketgan. Vezuviy 1631, 1794, 1822, 1906 va 1944-y. larda, oxirgi marta esa 1957—59 ylarda otilgan. 1842-y. da 608 m balandlikda vulkanologiya rasadxonasi qurilgan. 800 m balandlikkacha bogʻ, tokzor, qaragʻayzorlar bor. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x