VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI — 1) hayvonot mahsulotlarini sanitariya-gigiyena jihatidan baholash usullarini oʻrganadigan fan. V.-s. e. ning asosiy vazifasi — hayvonlardan olinadigan, oziqovqat (goʻsht, sut, baliq, tuxum), ozuqayem, xom ashyo (teri, jun, momiq, patlar) mahsulotlari orqali qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqadigan kasalliklarning oldini olishdan iborat. Mustaqil fan tarmogʻi sifatida 20-a. da shakllandi. Undan ilgari goʻshtshunoslik va ovqatlanish gigiyenasi fanlari tarkibida oʻrganilar edi. V.-s. e. mustaqil kafedralarga ega boʻlgan veterinariya in-tlari va veterinariya f-tlarida oʻqitiladi, tibbiyot intlarida ovqatlanish gigiyenasi kursiga kiradi. V.-s. e. boʻyicha i. t. ishlari tegishli oliy oʻquv yurtlari kafedralarida, i. t. in-tlarining maxsus lab. larida olib boriladi.
2) Hayvonot mahsulotlarining isteʼmol talablariga javob berishini aniqlaydigan veterinariya mutaxassislarining amaliy faoliyati sohasi. V.-s. e. ning asosiy vazifasi odamlarni sifati buzilgan chorvachilik mahsulotlari orqali kasallanishdan asrash, hayvonlarni soʻyishgacha, soʻyishda va soʻyishdan keyin mahsulotlarni qayta ishlashda sanitariya qoidalariga rioya qilish, nimtalanmagan goʻsht va b. aʼzolarini tekshirish, goʻsht, sut, baliq mahsulotlarining isteʼmolga yaroqliligini aniqlash va b. dan iborat. Goʻsht sanoati korxonalarida, parrandachilik f-kalari, sovuqxona, baza, omborlar, dehqon bozorlari, lab. larda V.-s. e. ni veterinariya vrachlari, veterinariya uchastkalari va kushxonalarda veterinariya feldsherlari oʻtkazadi. V.-s. e. ning toʻgʻri oʻtkazilishini davlat veterinariya inspeksiyalari nazorat qiladi.
V.-s. e. yaroqsiz deb topgan mahsulotlarni isteʼmolga chiqarish mumkin emas. Oʻzbekistonda 246 V.-s. e. laboratoriyasi ishlaydi