VESTON NORMAL ELEMENTI

VESTON NORMAL ELEMENTI — kuchlanishni aniq oʻlchaydigan galvanik element. Uning elektr yurituvchi kuchi 20° da 1,0183 voltga teng. Elektrokimyoda turli sistemalarning elektr yurituvchi kuchlarini tenglashtirish usuli bilan oʻlchashda ishlatiladi. Elementning manfiy elektrodi kadmiy (kadmiy havoda oksidlanadi, shuning uchun 10% kadmiy b-n 90% simob qotishmasi ishlatiladi), musbat elektrodi simob (N)-sulfat b-n qoplangan simob, elektroliti esa kadmiy sulfatning toʻyingan eritmasi va kristallaridan iborat. Veston normal elementining elektr yurituvchi kuchi simob kationlarining qotishmadagi kadmiyning oksidlanishidan hosil boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x