VERSAL

VERSAL, Vereai — Fransiyadagi shahar. Ivelin departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 95 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). 1624 — 26 y. larda Lyudovik XSH qurdirgan qasr oʻrnida barpo qilingan. 1682— 1789-y. larda Fransiya qirollarining qarorgohi boʻlgan. 1870—71 y. lardagi Fransiya-Prussiya askarlari Versalni okkupatsiya qilgan. Versalda 1783-y. hamda 1919-y. Versal sulh shartnomasi imzolangai. 2-jahon urushi paytida Versalni nemis qoʻshinlari bosib olgan. Keyinchalik ulardan ozod etilgan.

Versal muhim t. y. tuguni. Mashinasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir necha harbiy bilim yurtlari joylashgan. Shahardagi ayrim saroylar yaxlit meʼmoriy ansambl holiga keltirilgan (1661—1708-y. lar, klassitsizm uslubida). Ulugʻvor saroy ulkan park bilan uzviy bogʻlangan. Saroyning old tomoni salobatli, ichi hashamatli. Parkda haykallar, fontanlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x