VERSAL SULH SHARTNOMASI

VERSAL SULH SHARTNOMASI — 1-jahon urushi tugaganidan keyin gʻolib davlatlar bilan Germaniya oʻrtasida Versal sh. da imzolangan sulh shartnomasi (1919-y. 28-iyun 6; Unga binoan Germaniya ilgari bosib olgan anchagina hududlarni boʻshatib berdi. Fransiya — Elzas va Lotaringiya viloyatlarini, Polsha ilgari oʻziga tegishli boʻlgan ayrim hududlarni qaytarib oldi, Germaniya yangidan tashkil top-gan Chexoslovakiya, Avstriya, Polsha davlatlarining mustaqilligi va dax-lsizligini tan oldi. Germaniyaning 100 ming kishidan ortiq armiyaga ega boʻlishi va majburiy harbiy xizmat joriy etishi taʼqiqlab qoʻyildi, u 1-jahon urushining aybdori, deb topi-lib, zimmasiga Antanta davlatlariga 132 mlrd. marka kontributsiya (tovon) toʻlash majburiyati yuklandi. Versal sulh shartnomasi Germaniya iqtisodiyoti ustidan gʻolib davlatlar nazoratini oʻrnatdi. Gitler hokimiyat tepasiga kelgach, Versal sulh shartnomasini buza boshladi, unda koʻrsatilgan har-biy majburiyatlarni bajarmasligini bildirdi (1935-y. 25 may). 2-jahon urushi boshlariga kelib Versal sulh shartnomasi butunlay ahamiyatsiz boʻlib qoldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x