VENTILYATOR

VENTILYATOR (lot. ventilo — puflayman, esaman, silkitaman) — havo yoki gazlarni haydovchi yoki soʻruvchi qurilma. Odatda, Ventilyator havo yoki gazni 0,15 MPa gacha bosim bilan haydaydi yoki soʻradi. Asosiy ish elementi motor va parrakli gʻildirakdan iborat. Binolar va shaxtalar havosini tozalash, q. x. mahsulotlari (don, paxta, pichan) ni quvur orqali uzatish, donni tozalash, saralash va quritishda qoʻllaniladi. Ventilyatorning haydovchi, soʻruvchi va aralash xillari boʻladi. Ishlash tarziga koʻra, havo oqimi oʻq boʻylab yoʻnalgan yoki oʻqaviy Ventilyator va markazdan qochma Ventilyatorga boʻlinadi. Oʻqaviy Ventilyator silindrik kojux 5, parrakli gʻildirak, kollektor, kirayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat, chiqayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat va uyurma . Markazdan qochma Ventilyatorda parrak aylanganda havo oqimi kollektordan parrak kanallariga kiradi va markazdan qochma kuch taʼsirida spiral shaklidagi kojux Z ichiga oʻtib, chiqish teshigiga haydaladi. Hosil qiladigan bosimiga qarab, Ventilyatorlar uch turga boʻlinadi: a) past bosimli (100 mm suv ust. dan past) — donni saralash va tozalash hamda kombayn V. lari; b) oʻrtacha bosimli (100 mm dan 300 mm gacha suv ust.) — pichan uchun moʻljallangan; v) yuqori bosimli (300 mm dan 1500 m gacha suv ust.) — don uchun moʻljallangan. Xonalarni shamollatish uchun moʻljallangan Ventilyatorlar, koʻpincha, yumshoq parrakli qilib ishlab chiqariladi. Qayerda ishlatishga moʻljallanganligiga qarab, Ventilyatorlar sanoat va maishiy xillarga boʻlinadi. Sanoat Ventilyatorlari sanoat korxonalari, shaxtalar, metropoliten yoʻlaklari va b. joylarda, maishiy Ventilyatorlar turar joy binolari, jamoat binolari, uy-joylar, idoralar va b. joylarda qoʻllaniladi. Ventilyatorlar devorlar ichiga, shiplarga oʻrnatiladi; stol ustiga va polga qoʻyiladigan Ventilyatorlar ham boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x