VENA TOʻGARAGI

VENA TOʻGARAGI — falsafiy toʻgarak, mantiqiy pozitivizm asoslarini ishlab chiqqan. 1922-y. Vena sh. da vujudga kelgan. Asoschilari — M. Shlik, O. Neyrat, F. Kaufman, K. Gyodel va b. 1926-y. dan — R. Karnap. V. t. ning falsafiy konsepsiyasi E. Max, L. Vitgenshteyn, B. Rassel hamda oʻtmishdagi falsafaning empirik va ratsionalistik, panlogistik anʼanalari taʼsirida shakllandi va subyektiv idealizmning koʻrinishi sifatida namoyon boʻldi. Vena toʻgaragi falsafiy muammolarni formal mantiq bilan bogʻlashga, fan tilini mantiqiy tahlil qilishga urindi. Matematik mantiq apparati tahlil qilish vositasi sifatida taklif etildi. Tadqiqot uslubi sifatida Vena toʻgaragi olgʻa surgan mantiqiy empirizm empirizmni ratsionalizm bilan birlashtirishga urinish edi. Vena toʻgaragi 1939-y. gacha faoliyat koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x