VENA KLASSIK MAKTABI

VENA KLASSIK MAKTABI — 18-a. ning 2-yarmi va 19-a. ning boshida Venada musiqa sanʼatida qaror topgan ijodiy yoʻnalish. Asoschilari — Y. Gaydnva Vena klassik maktabi Motsart. L. Betxoven ijodi Vena klassik maktabining soʻnggi va yuksak davrini tashkil qiladi. Operada isloh boshlagan X. Glyuk (1714— 87) ijodi ha. m shu oqim bilan bogʻliq. Maʼrifatparvarlik va Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsirida shakllangan bu yoʻnalishning muhim ijodiy belgilaridan kelajakka ishonch, voqelikni taraqqiyot jarayonida koʻrsatish, insonparvarlik va xalqchillik boʻlgan. Vena klassik maktabi kompozitorlari professional va xalq musiqasi rivoji tajribasini umumlashtirdilar. universal musiqa tilini ishlab chikdilar. Ularning ijodida simfoniya, sonata, konsert, kvartet kabi janrlar oʻzining mumtoz shaklini topdi. yangi xildagi opera hamda simfonik orkestrlari vujudga keldi va opera janri islohqilindi. Vena klassik maktabi musiqa tarixida eng muhim davrlardan biri hisoblanadi; musiqa sanʼatining keyingi rivojiga barakali taʼsir koʻrsatib, turli milliy kompozitorlik maktablari yuzaga kelishida muhim rol oʻynab kelmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x