VENA ARBITRAJLARI

VENA ARBITRAJLARI (1938 va 1940) — Germaniya bilan Italiya oʻrtasida Chexoslovakiya va Ruminiyaga tegishli hududning bir kismini Vengriyaga olib berish toʻgʻrisida Vena sh. da (Avstriya) qabul qilingan qarorlar. Vengriya Chexoslovakiyaning vengerlar yashaydigan qismini talab qilib chiqqanligi munosabati bilan Vena arbitrajlari qarorlariga (1938-y. 2 noyab. va 1940-y. 30 avg.) binoan Slovakiya va Zakarpatye Ukrainasining jan. tumanlari, shuningdek Shim. Transilvaniya Vengriya tasarrufiga berildi. Parij sulh shartnomasiga (1947-y. 10 fev.) koʻra V. a. oʻz kuchini yoʻqotdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x