VELIKIE LUKI — RF Pskov viloyatidagi shahar. Lovat daryosi yokasida. Aholisi 116 ming kishidan ziyod (1999). T. y. tuguni. Mashinasozlik va metallsozlik (oʻrmon va torf sanoati uchun mashinalar, yuqori voltli apparaturalar va b.), yengil, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Q. x. in-ti, teatr, 2 muzey mavjud. Velikiye Luki 1166-y. dan maʼlum, 1211-y. dan qalʼa. V. L. yaqinida M. P. Musorgskiy va S. V. Kovalevskayaning memorial muzeyi bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые