VAYNSEP

VAYNSEP, uaynsep — kechpishar olma navi, Amerikadan keltirilgan. Daraxti oʻrta boʻyli, shox-shabbasi keng. Koʻchati oʻtkazilgach, 6—7 yilda hosil-ga kiradi. Apr. ning oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (100—120 g), yumaloq, och kizil, sirti mayda oq nuqtalar b-n qoplangan. Eti sargʻish, oʻrta shirali, (12,5 % qand 0,6 % kislota), tigʻiz, xushboʻy. Mevasi sent. oxiri — okt. boshlarida uziladi, 4—5 oygacha yaxshi saklanadi. Tupidan 350—400 kg hosil olinadi. Sovuqka chidamli. Unumdor tuproklarda va yaxshi parvarish qilinganda moʻl hosil beradi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridagi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklar uchun tavsiya etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x