VAXSH

VAXSH — Tojikistondagi daryo, Panj daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 524 km. Hav-zasining mayd. qariyb 39,1 ming km2. V. Orqa Olay tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanib, Olay vodiysi boʻylab oqadi; Qirgʻizistonda Qizilsuv, Tojikiston hududiga oʻtgandan soʻng Surxob («Qizilsuv») deb ataladi, soʻngra eng yirik irmogʻi — Obihingov daryosi qoʻshilgandan keyin Vaxsh nomini oladi. Vaxsh yuqori oqimida ayrim joylarda chuqur daradan iborat katta nishablikdagi vodiyda tez oqadi. Quyi oqimida keng vodiyga chiqadi. Jilikoʻl qishlogʻigacha va undan quyida, to Panj daryosiga quyilguncha daryo oʻzani tarmoqlanadi, qalin toʻqayzorlar, koʻl va botqoqliklar koʻp uchraydi. V. Panj bilan qoʻshilgandan soʻng Amudaryo hosil boʻladi. Vaxsh havzasida umumiy mayd. 4518 km2 ni tashkil etuvchi 862 muzlik bor.

Vaxsh muzlik, qor suvlaridan toʻyinadi, yillik oqimining 50% iyul—sent,-da oqib oʻtadi. Qishda (dek. —fev. da) oqim miqdori 10%ni tashkil etadi. Oʻrtacha suv sarfi 661 m3/sek. Vaxsh eng loyqa daryolardan, uning har 1 m3 suvida 4,5 kg loyqa bor, yillik miqdori 90 mln. t ga teng. Noyab. —fev. da qirgʻoq muzlari, muz parchalari oqimi kuzatiladi. Vaxsh energiya zaxiralariga boy. Norak GES va Rogun GES qurilgan. Vaxshning suvi quyi oqimida qisman sugʻorishga sarflanadi. Quyi oqimida kema qatnaydi. Vaxsh boʻyida Norak, Qoʻrgʻontepa (vodiyda) va b. shaharlar joylashgan. Vaxshdan yirik Vaxsh va Shoʻroobod kanallari chiqarilgan. Vaxshdan va havzasidagi koʻllardan yiliga 200 — 900 s baliq ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x