VAXSH VODIYSI

VAXSH VODIYSI — Tojikistondagi Vaxsh daryosining oʻrta va quyi oqimidagi tektonik botiqda joylashgan vodiy. V. v. atrofi togʻlar bilan oʻralgan, meridian boʻylab 110 km dan ziyod masofaga choʻzilgan, eni 7—25 km, bal. 400 m dan 1200 m gacha. Mayd. 2500 km2. Vodiyda, asosan, 5 ta terrasa bor, 2-va 3-terrasalar juda keng. Markaziy qismida shim. dan jan. ga Vaxsh daryosi oqib oʻtadi, daryoning oʻrta qismi boʻyida Qoʻrgʻontepa sh. joylashgan. Iqlimi yumshoq, issiq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 1—3°, sovuq boʻlmaydigan davr 224— 242 kun; yoz juda issiq, quruq, iyulning oʻrtacha t-rasi 30—ZG, maksimal t-ra 45—47°, oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 150—300 mm. Vodiyning pasttekislik qismlari och tusli boʻz tuproq, yuqori terrasalar va togʻ oldi qiyaliklari asl (tipik) boʻz tuproq, daryo qayirlari, xususan, Vaxsh daryosining quyi qismi oʻtloq, oʻtloqi-botqoq tuproqlardan iborat. Pastliklarda shoʻrlangan boʻz tuproq va shoʻrxoklar ham uchraydi. Vaxsh vodiysida erta bahorda yam-yashil efemerlar, yozda shuvoq, shoʻra kabi oʻsimliklar oʻsadi, daryo qayirlari va pastliklar qalin oʻt, buta va toʻqay oʻsimliklari bilan qoplangan. Toʻqayzorlarda xongul bugʻusi, nutriya (suv kalamushi), toʻngʻiz, toʻqay mushugi, jayra, suvsar kabi hayvonlar; oʻrdak, gʻoz, loyxoʻrak, baliqchi qush, qorabuzov, qirgʻovul kabi parrandalar yashaydi. Vaxsh daryosi etagidagi toʻqayzorlarda Palavon toʻqay qoʻriqxonasi tashkil etilgan. Foydali qazilmalardan neft, gaz va osh tuzi konlari topilgan. Vaxsh vodiysida uzun tolali paxta ekiladi, bogʻdorchilik rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x