VARDONZE

VARDONZE, Varzonze, Vardona, Vardanzi — Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi «Qoʻrgʻoni Vardonze» nomi bilan mashhur yodgorlik (6—19-a. lar). Qoʻrgʻonning uz. 110 m, kengligi 60—70 m, bal. 45—50 m. Vardonxudotlarning maxsus qarorgohi boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, Shopurkom (Shopur + kom (ariq)) atamasi sosoniylar shahzodasi Shopur ismidan olingan. Shopur Buxoroga kelib, buxorxudotlan yer olib qasr va qishloq qurdirgan va unga ariq keltirgan. Narshaxiyning yozishicha, bu katta bir qishloq boʻlib, kuhandizga, katta va mus-tahkam hisorga ega. U Turkistonning chegarasida joylashgan. U joyda har haftada bir kuni bozor boʻlib savdogarlar koʻp kelar edi. Arablar hujumi arafasida (8-a. boshi) V. Buxorodan alohida mustaqil podsholik poytaxtiga aylangan. Vardonze hukmdori vardonxudot arablar uchun buxorxudotlardan xavfliroqboʻlgan. 10-a. da Vardonze obod shahar edi. Vardonzeda toʻqilgan kaʼbapoʻsh Makkaga olib borilgan. Akad. Ya. Gʻulomovnish arxeologik va etn. kuzatishlari Vardonzening 19-a. oxirlarigacha obod savdohunarmandchilik shaharchasi boʻlib kelganligini koʻrsatadi. 18—20-a. boshlarida V. Buxoro amirligining Shofirkon tumani markazi boʻlgan. 18—19-a. larga kelib Buxoro amirligi va Xiva xonligi oʻrtasidagi ichki nizolardan Vardonze ancha jabrlangan. S. Ayniy guvohlik berishicha, 1880-y. larda Vardonze va uning atroflarini qattiq shamol natijasida kuchli qum bosadi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, Vardonze 20-a. ning boshida ham obod boʻlib, savdo va hunarmandchilik markazi sifatidagi oʻz mavqeini saqlab qoldi. Mulla Qurbonjon Fitrai Vardonzehiy Buxoriy (vafoti 1888-y.) V. da tugʻilib oʻsgan boʻlib, tojik va oʻzbek tillarida sheʼrlar yozgan, Buxoroning mashhur qozilaridan biri boʻlgan. Vardonze va uning atroflari Buxoro amirligi, qizil askarlar tomonidan tugatilgach, BXSRda boshlangan mujohidlar harakatining asosiy markazlaridan biriga aylandi (1920-24 y. lar). Aholi 1954-y. gacha Vardonze qoʻrgʻonida yashagan, soʻnggi qum bosishdan keyin uni tark etishga majbur boʻlgan. Bugungi kunga kelib Vardonze oʻrnida qoʻrgʻontepalik mavjud. Qoʻrgʻonning ustida marmartosh saqlanib qolgan. Hoz. paytda qoʻrgʻon atrofi nurab, ancha yemirilib, ayrim joylari oʻpirilib ketgan. Bu hududda Qoʻrgʻoni Vardonze, Koʻhna Vardonze qishloklari bor. Vardonze davlat tabiat yodgorligi tashkil qilingan.

Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Istoriya at-Tabari, T., 1987.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x