VAQT XIZMATI — 1) vaqtni aniqlash va «saqlash» hamda uni aniq vaqt radiosignallari yordamida uzatish va qabul qilishga doir uygʻunlashgan ishlar majmui. Aniq vaqt yulduzlarni kuzatish orqali va b. usullar bilan aniqlanadi. Uni astronomik soat va b. vakt etalonlari yordamida «saqlanadi». V. x. astrometriya tadqiqotlari jumlasiga kiradi; 2) vaqtni aniqlash, uni aniq yuradigan soatlar yordamida «saqlash», vaqt radiosignallari yordamida uzatish va qabul qilish kabi ishlar bilan shugʻullanadigan astronomik muassasa. Astronomik kuzatishlar yordamida aniq vaqtni topish — yoritqichlar, mas., yulduzlarning meridiandan oʻtish (kulminatsiya) paytida soat toʻgʻrilamasini aniqlashdan iborat. Soat toʻgʻrilamasi yetarlicha aniq boʻlishi uchun, odatda, 10—12 yulduz kuzatiladi. Vaqt xizmati asosan meridianga oʻrnatilgan passaj asboblar bilan taʼminlanadi. Baʼzan, fotografik zenit trubadan ham foydalaniladi. Hozir fotoelektrik passaj asbobi koʻp qoʻllaniladi. Har sutkada topilgan soat toʻgʻrilamalarining farqi olinib, soatning sutkali yurishi (ilgarilashi yoki orqada qolishi) topiladi. Astronomik soatning sutkali yurishiga asoslanib, astronomik kuzatishlar oʻtkazilmagan paytlar uchun ham aniq vaqtni hisoblab topish mumkin. Bunday paytlarda vaqt juda aniq yuradigan bir nechta astronomik soat yordamida aniqlanadi va «saqlanadi». Bunda mayatnikli soatlar, kvars soatlar, atom soatlardan foydalaniladi. Vaqt xizmati har kunning maʼlum soatlarida radio orqali aniq vaqt signallarini berib turadigan styalar koʻp. Yer yuzidagi Vaqt xizmati ishlarini Parijdagi Xalqaro vaqt byurosi boshqarib turadi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии