VAQT TENGLAMASI

VAQT TENGLAMASI — haqiqiy Quyosh vaqti (T„) bilan oʻrtacha Quyosh vaqti (Tu) orasidagi farqni ifodalovchi tenglama: ti=Tn—Tv. Quyoshni kuzatib To aniqlanadi va T„=T||t1 topiladi. Vaqt tenglamasi qiymati har bir kun uchun astronomik taqvim va yilnomalarda (baʼzan, teskari ishora b-n) beriladi. Quyoshning soat burchagi bilan oʻlchanadigan haqiqiy Quyosh vaqti Yerning oʻz orbitasi boʻylab notekis harakatga hamda ekliptikaning ekvatorga ogʻmaligi natijasida tekis oʻtmaydi. Shuning uchun Vaqt tenglamasi ikkita sinusoida yigʻindisidan iborat boʻladi. Bu sinusoidalardan birining davri bir yil, ikkinchisiniki yarim yildir. Vaqt tenglamasi 15 apr., 14-iyun, 1 sent., 24 dek. da nolga tenglashadi, yiliga 4-marta: 11 fev. da 14,3 min., 15-mayda 3,8 min., 27-iyulda 6,4 min. va 2 okt. da 16,4 min. eng katta mutlaq qiymatga erishadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x