VANILIN

VANILIN (3-metoksi, 4-gidrooksibenzaldegid) , SʼHN8O, — vanil hidi keladigan rangsiz, achchiq kristall modda. Mol. m. 152,15. Suyuqlanish t-rasi 81—83», qaynash t-rasi 284-285° (SO2 muhitida). T-ra koʻtarilganda parchalanmay, sublimatlanadi. Suvda oz eriydi, spirt, efir, xloroform va b. erituvchilarda yaxshi eriydi. Vanilin vanil mevalarida glikozid holida uchraydi. Sintetik Vanilin lignindan, gvayakol hamda evgenoldan olinadi. Oziq-ovqat, atir-upa sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi. Vanilinning qand kukuni bilan aralashmasi «vanil shakari» muzqaymoq va turli qandolat mahsulotlari i. ch. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x