VAMBERI

VAMBERI (Vambery) Arminiy (German) (1832.19.3, Duna-Siyerdaxeli — 1913.15.9, Pesht) — sharqshunos, til-shunos, sayyoh va yozuvchi. Vengriya FA muxbir aʼzosi (1861). Peshtda xonadon oʻqituvchisi boʻlgan (1852—56). Turkiya (Istanbul)da yashagan (1857—60). Vengriya FA homiyligida Eron va Turkis-tonga sayohat (1863-y. dan) qilgan. Vamberi darvesh (qalandar) niqobi ostida Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qoʻshilib Mozandarondan Bolxon koʻrfaziga keladi, soʻng Turkmaniston orqali Xiva va Qoʻngʻirotga oʻtadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro, Samarqand, Karki va b. shaharlarda boʻladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul boʻylab qaytadi. Vamberi tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklor, etn., tarix va geogr. ga oid asarlar muallifi («Nemischaturkcha lugʻat», 1858; «Nemischa-chigʻatoycha lugʻat», 1860; «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi», «Mening hayotim», «Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari» va b.). «Chigʻatoy tili darsligi» (1867) asarida Vamberi turkiy xalqlar folkloriga oid 30 dan ortiq asar haqida maʼlumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasimiy, Soʻfi Olloyor gʻazallaridan olingan namunalarni va 112 ta oʻzbek maqolini arab va lotin yozuvida keltirib, nemischa tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy oʻrgangan.

As: Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi, T., 1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x