VALERIANAT KISLOTALAR — bir asosli toʻyingan organik kislotalar, umumiy formulasi S4N9SOON. Mol. m. 102,13; rangeiz, gʻalati hidli suyuqliklar. Uglevodorod radikalining tuzilishiga qarab toʻrtta izomeri boʻlishi mumkin. Izovalerianat va metiletilsirka kislotalar koʻproq ahamiyatli boʻlib, asosan izoamil spirtlarni oksidlab olinadi. Valerianat kislotalar bilan alifatik spirtlarning efirlari oziq-ovqat sanoatida meva essensiyalari sifatida, Valerianat kislotalar bilan aromatik yoki terpen spirtlarning efirlari esa atir-upa sanoatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые