VAKSINALAR

VAKSINALAR (lot. vaccina — sigirga oid) , emlashda ishlatiladigan moddalar — infeksion kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida qoʻllaniladigan preparatlar. Mikroorganizmlar, shuningdek ularning zararsizlantirilgan toksinlaridan tayyorlanadi, organizmga yuborilganda tegishli yuqumli kasalliklarga nisbatan sunʼiy orttirilgan faol immunitet vujudga keladi. Tirik, oʻldirilgan, kimyoviy Vaksinalar va anatoksinlar farq qilinadi. Tirik Vaksinalar (chechak, poliomiyelit, qizamiq, gripr, toun, tulyaremiya, silga qarshi V.) kasallik qoʻzgʻatish xususiyatini yoʻqotgan, biroq immunogen xossalarga ega boʻlgan, qoʻzgʻatuvchiga qarshi himoya antitelolar hosil qiladigan maxsus kuchsizlantirilgan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Bunda mikroorganizmlar sunʼiy ozuqa muhitida yoki hayvon organizmida uzoq undiriladi. Tirik Vaksinalar qoʻllanilganda immunitet barqaror boʻlib, uzoq saqlanadi.

Oʻldirilgan Vaksinalar bakteriyalar va viruslarga yuqori t-ra, ultrabinafsha nurlar, ultratovush, formalin, spirt yoki b. moddalar taʼsir ettirib tayyorlanadi (ich terlama, koʻkyoʻtal va b. kasalliklarga qarshi Vaksinalar). Kimyoviy Vaksinalar (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, vabo, difteriya, qoqshol va b. kasalliklarga karshi Vaksinalar), mikroorganizmlar yoki ularning mah-sulotlaridan maxsus ajratib olingan faol komponentlardir.

Anatoksinlar bakterial ekzotoksinlardan (q. Toksinlar) ularning zaharli xossalarini formalinda zararsizlantirish yoʻli bilan olinadi. Tibbiyot amaliyotida bitga (monovaksina), ikkita (divaksina) yoki undan koʻp (polivaksina) mikroorganizm komponentlaridan iborat Vaksinalardan foydalaniladi. Mikroblarning bir necha tipidan tayyorlanib bitta yuqumli kasallikka qarshi qoʻllaniladigan vaksina polivalent vaksina deyiladi. Vaksinalar turli yoʻllar bilan yuboriladi; muskul orasiga (qizamiq), teri ostita (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, dizenteriya, vabo, oʻlat va b.), teri yuzasiga (chechak, sil, tulyaremiya, kuydirgi), burunga (gripp) yoki ogʻiz orqali (poliomiyelit). Ayrim yuqumli kasalliklar (chechak, sil, difteriya va b.)ning oldini olish uchun Vaksinalar reja asosida, boshqa hollarda esa epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha yuboriladi. Vaksinalarni keng qoʻllash tufayli bakterial va virusli infeksiyalar-ning oldini olishga muvaffaq boʻlindi. Veterinariya amaliyotida virusli (qutirish, Auyeski kasalligi, parranda chechagi, oʻrdaklar virusli gepatiti va b.) hamda bakteriyali (kuydirgi, brutsellyoz, leptospiroz, brauzet va b.) kasalliklarning oldini olish va davolashda tirik, oʻldirilgan Vaksinalardan keng foydalaniladi. Saidjalol ahromov, Hoshim Nurmamashov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x