Vaginal relaksatsiya yoxud ayollarda jinsiy a’zo muammosi

Dardini ochiqchasiga aytishga o‘rgangan ayolning ham gapirolmaydigan tashvishlari bo‘ladi. Ayrim muammolar borki, yuzini yostiqqa bosib, unsiz yig‘lashga majbur etadi. Bu vaziyatda yolg‘iz sirdoshi — eri ham uni tushunishga qodir emas. Hal etilmagan chigal masala esa bora-bora kattalashib, oila mustahkamligiga darz ketkazishi mumkin. Bugun ana shu vaziyatning oldini olish uchun sirdoshingizga aylanmoqchimiz. Va muammoning chorasini izlashga harakat qilamiz.

jinsiy a’zo, Qin

“Aytsam tilim, aytmasam…”

Qin devorlarining cho‘ziluvchanligi, mushaklar tonusining susayishi hamda taranglikni yo‘qolishi jinsiy yaqinlik davrida bir qancha yoqimsiz holatlarni yuzaga keltiradi. Ayolda vaginal relaksatsiya tashxisi mavjud bo‘lganda, olat qin devorlari bilan ishqalanmaydi, jinsiy yaqinlikning sifati buziladi, natijada erkak ham, ayol ham qoniqish his qilmaydi. Oqibatda har ikkisida ham asabiylik kuzatiladi. Qin devoarlarida ochiq joy qolib ketganidan qovushish vaqtida turli xil (qarsakka o‘xshash) ovozlar eshitiladi, bu esa o‘z navbatida erkakka ham, ayolga ham yoqimsizdir. Bunday noqulayliklar muntazam kuzatilaversa, rafiqasi bilan yaqinlik qilishdan butunlay bosh tortishi ham mumkin.

Afsuski, xastalik keng tarqalgan…

Qin devorlarining tabiiy kengayishi tug‘ruqdan keyin sodir bo‘ladi. To‘g‘ri, tug‘ruqdan 8-10 hafta o‘tib, qin avvalgi tarangligi va cho‘ziluvchanligini tiklaydi, ammo oldingidan ko‘ra biroz kattaroq hajmda bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi. har bir organizm individual ekanligini hisobga olsak, ayrim hollarda qin o‘z holatiga qaytadi.

Shuningdek, tabiiy qarish jarayoni hamda organizmda estrogen gormoni miqdorining keskin pasayishi ham jinsiy a’zolar holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, turli tashqi ta’sirlar oqibatida zamonaviy ayollarning gormonal holat o‘zgarishi 37-40 yoshlarda boshlanar ekan, aslida esa bu jarayon menopauzadan keyin yuz berishi lozim. Bundan tashqari, teri va mushaklardagi kollagen sifati va miqdorining tez pasayishi oqibatida ham qin devorlari shalvirab hamda bo‘shashib qoladi. Bu o‘zgarishlarni ginekologik tekshiruv vaqtida aniqlab bo‘lmaydi. Tashxisni bemor o‘zida his etgan o‘zgarishlar va jinsiy yaqinlik vaqtidagi holatlarga ko‘ra asoslash mumkin.

Hamma narsaning chorasi bor!

Ushbu xastalikni davolashning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ular orasidagi eng oddiy va arzoni jinsiy mushaklarning Kegel mashqidir.

Uni muntazam bajarib, mushaklar tarangligini o‘z holatiga qaytarish imkoni bor. Biroq buning uchun kamida 2 oy mashq qilish kerak. Hojatxonaga kichik bo‘shalishga kirilganda yarim bo‘shalish yuz bergan zahoti peshob chiqarishni to‘xtatish lozim. Ana shu vaqtda dumg‘aza mushagi taranglashib, peshobni to‘xtatadi. Avvaliga tanaffus 2-3 soniyadan oshmasin, asta-sekinlik bilan vaqt oralig‘ini oshirib borish kerak. Mashqlarni kuniga 300 marotaba bajargan ma’qul. Keyinchalik esa hojatxonaga kirmay ham mushakarni ishlatishni o‘rganib olasiz. Asosiysi, maqsadga erishgach, mashqni to‘xtatmang! Negaki, mushaklar doimiy harakatga muhtoj, aks holda yana zaiflashib, bo‘shashib qoladi.

Kegel mashqlarini bacharish haqidagi maqolamiz tayyorlanoqda. Uni saytimizda yaqin kunlarda e’lon qilamiz. Kegel mashqlarini bacharish haqidagi maqolamiz tayyorlanoqda. Uni saytimizda yaqin kunlarda e’lon qilamiz. Hozircha “Kegel mashqlarining foydali jihatlari” haqida MANA BU YERDAN ma’lumot o‘qishingiz mumkin

Mahalliy qo‘llash uchun sprey, krem va shamcha ko‘rinishidagi dori vositalar ham bor, ular qin devoridagi to‘qimalarning taranglashuvi va qisqarishiga sabab bo‘ladi. Faqat ularning ta’siri ko‘pi bilan bir soatlik bo‘lib, jinsiy yaqinlikdan avval qo‘llash tavsiya etiladi. “Muamoni butunlay bartaraf etaman!” degan ayollar uchun esa jarrohlik aralashuvini taklif etishdan o‘zga chora yo‘q. Unda qin devorlaridagi ortiqcha teri olib tashlanib, qin kanali toraytiriladi. Jarrohlikning odatiy hamda lazerli turi mavjud, qaysi biriga murojaat etishni esa shifokor maslahat beradi.

Muammo shu qadar dolzarbmi?

Gap jamiyatning ilk bo‘g‘ini — oilaning mustahkamligi haqida borar ekan, uni muhim masala deb hisoblamaslik xato bo‘ladi. Tan olamizmi-yo‘qmi, tabiat bizni shunday yaratgan! Yotoqxonadagi hayot er-xotinni bir tanu jondek birlashtiradi, o‘rtadagi muhabbatini yanada alangalatadi. Juftliklar orasida jinsiy hayotni chetga surib qo‘yganlarni topsa bo‘ladi, biroq ularning turmushlarini to‘kis deb bo‘larmikan? Insonlarni majburiyat emas, balki mehr bog‘lab turgani yaxshi-ku?!

O‘xshash maqola: Tug‘ruqdan keyin jinsiy yo‘llar kengayishi tabiiy holatmi?

Mutaxassis: Mohira SODIQOVA, akusher-ginekolog.

Jurnalist: Zilola UBAYDULLAYEVA.

Manba: “Sug‘diyona” gazetasi.


Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!

Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.

Hoziroq bepul yuklab oling


0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x