AYOLLARDA INZOL — JINSIY ALOQADAN QONIQISH BЕLGILARI

AYOLLARDA INZOL — JINSIY ALOQADAN QONIQISH BЕLGILARI

Kasbim sababli qachonki to‘y xasham va tadbirlarda o‘tirib qolsam, aksari xammasi doktor qabuliga aylanib ketadi. Bir kuni bir katta yig‘ilishdi o‘tirgandik. Xamma kamida 10-15 yil oilaviy xayot kechirgan, bir nechadan farzandi bor odamlar edi. Bir kishi “ayolimni qondirganimni qanday bilsam bo‘ladi” deb so‘radi. Qoshiq vilkalar tiriq tiriq qilishi birdan to‘xtadi. Bilsam xonada pashsha xam uchib yurgan ekan. Lekin negadir pashsha uchishdan to‘xtamadi. Xolatni darxol tushundim.

Erkaklar yaqinlik qilganlarida eyakulyatsiya bo‘lib urug‘ otilishi erkakning orgazmidir. Ayollarda orgazm ancha murakkab jarayon v uning talablari ko‘p. Erkak ayolini qondirishi faqatgina jinsiy aloqani “qup quruq” soatlab bo‘lishi emas. Ayol orgazmida birinchidan ayolning eriga xurmati, muxabbati, ko‘ngli yotadi. O‘rtada iliq munosabatlar borligi xam o‘ta axamiyatli. Ayol eriga ishona oladigan, suyana oladigan bo‘lishi kerak. Aks xolda jinsiy aloqa bo‘ladi, lekin lazzat bo‘lmaydi.

Lekin nima bo‘lganda xam ayolning qoniqishi belgilarini bilib qo‘ysak yomon bo‘lmaydi. Ayol jinsiy aloqa vaqtida qoniqishdan oldin faol xarakat qiladi, ingrab ox vox qiladi. Agar xamma sharoitlar mos kelib ayol roxati cho‘qqiga chiqib orgazmni boshidan kechirsa davom etayotgan jinsiy aloqaga ayol qiziqishi yo‘qoladi, xuddi birdaniga befarq bo‘lib qoladi. Ayol yuragi tez urayotgan bulsa birdan yanada tezlashib keyin yurak urishi ancha sekinlashadi. Nafas olishi avval tez tez bo‘lgn bo‘lsa nafas xam bir maromga kelib qoladi. Orgazm daqiqalarida ayol qini to‘lqinsimon qisqarib erkak olatini qattiq qisadi. Erkak xam bunda qattiq lazzat oladi va ko‘pincha erkak lazzat kuchidan eyakulyatsiya qilib yuborishi mumkin.

Abdulxayev Fayzullo
Urolog, Androlog, Seksopatolog

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x