UZUNOYOQLILAR

UZUNOYOQLILAR (Tipulidae) ikki qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tanasi choʻziq (12— 30 mm), qanotlari ensiz uzun, oyoklari nozik va tanasiga nisbatan juda uzun (nomi shundan). 2500 ga yakin turi bor. Qurtlari tuproqdagi yoki suvdagi chiriyotgan oʻsimliklar, suvoʻtlar va yoʻsinlar, baʼzan oʻsimliklar ildizi va yosh barglari bilan oziklanadi. Nam va birmuncha iliq iqlimli hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda bir necha turi uchraydi. Uzunoyoqlilar voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Suv boʻyi va salkin joylarda oqshom payti yoki tunda sekin uchib yuradi. Xavf tugʻilganida oyoqlarini uzib tashlab, dushmandan qochib qutuladi. Zararkunanda Uzunoyoqlilar kurtlari poliz ekinlariga ziyon keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x