UYGʻURLAR

UYGʻURLAR — xalq, XXRdagi SinszyanUygur muxtor rayonining tub joy aholisi. 8 mln. kishidan ortiq (1990-y. lar oʻrtalari). Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston, Afgʻoniston va Pokistonda yashaydi. Uygur tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yapon (Yutyanxeng), fransuz (Klaprot) olimlari fikricha, «uygʻur» atamasi mil. av. 3—2-a. lardan maʼlum. Uygʻurlar etnogenezi Xitoy manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan «di»(turk) larning «chidi»(qizil di — jan. turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shim. da mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594-y. Szin (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim. ga ketishga majbur boʻlishgan. Uygʻurlar hun qabilaviy ittifoqi (mil. av. 3a. — mil. 3—4-a. lar) da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-a. larda Uygʻurlar (JujanAvar) xonligi, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 7-a. ga qadar Uygʻurlar tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, xazarqasar, xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga Sirdaryoning yuqori qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-a. dagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, (izgilsije), basmil (bashimi), qarluq (gelulu), sir, tardush, tuva, quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.

Qadimda Uygʻurlarning aksariyati dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabilaurugʻdoshlik munosabatlari yoʻqolib, yashagan joylari nomi bilan atalib kelgan. Uygʻurlarning togʻlik oʻlkalardagi va chorvachilik bilan shugʻullangan qismi koʻchmanchi hayotga moslashgan. Ular 646-y. Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uygʻur xonligini tiklagan. UygʻurUrxun xoqonligi (Uygʻur xoqonligi) davrida (744—840) uning barcha fuqarolari «Uygʻur» deb, 9-a. da Uygʻurlarning Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida «Kuju xonligi» deb nomlangan. 11-a. da uning hududi gʻarbda Kuchar sh. dan Buyuk Xitoy devorigacha choʻzilgan boʻlib, arab manbalarida «bilod Uygʻur» yoki «Yugʻur»(alMarvaziy) deb qayd etilgan.

Uygʻurlar mamlakati qad. madaniyat oʻchoklaridan hisbblanadi; bu hududda koʻplab qad. davlatlar, shaharlar mavjud boʻlgan. Uygʻurlar qadimdan turli yozuvlardan (26 ta) foydalangan. Ular 5—6-a. lardan boshlab maxsus uygʻur yozuvi ishlata boshlashgan. Qad. uygʻur musiqa sanʼati Xitoy musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Uygʻur xalqi musiqasining gavhari boʻlgan 12 maqom 16-a. da Omonnisoxon tomonidan tartibga solingan. Uygʻurlar hayotida tosh, suyak, kumush, mis va temirdan turli zebziynat buyumlari yasash rivojlangan. Ular qadimdan jun, ipak, paxtadan maxsus dastgohlarda mato toʻqishgan. Mil. boshlarida (3a.) ular tomonidan ishlab chiqarilgan qogʻoz, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan qogʻoz nusxalarining eng qad. si hisoblanadi.

Abdulahad Xoʻjayev, Abduxoliq Aytboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x