UYBAT CHAATASI — Xakasiya Respublikasi (RF)dagi Uybat st-yasidan 6 km jan. sharqda joylashgan qad. mozorqoʻrgʻon (mil. av. 3a. — mil. 7—8-a. lar). Eng qad. qabrlar tagar madaniyatiga, aksariyati — toshtiq madaniyatja oid. 1936 va 1938-y. lardagi arxeologik qazishmalar (SV. Kiselyov, L. A. Yevtyuxova va b.) chogʻida toshtiq madaniyatiga mansub zodagonlar qabridan (mil. av. 1-a. —mil. 5-a.) ularning gips va terrakotadan yasalgan dafn niqoblari, yogʻochdan ishlangan naqshinkor haykaltaroshlik namunalari va b. topilgan. 7—8-a. larga oid yenisey qirgʻizlari mozorqoʻrgʻonlaridan sirtiga oltin suvi yuritilgan, yogʻochdan ishlangan qoʻylarning haykalchalari, UrxunEnisey bitigi tushirilgan kumush koʻzacha va b. chiqqan. Uybat chaatasi topilmalari — qad. Sibirda mulkiy tabakalanish vujudga kelishi tarixini oʻrganishda muhim manba.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые