UXUANLAR — qadimda Mongoliyaning sharqida yashagan va xitoy manbalarida dun xu deb atalgan xalqning bir kismi. Mil. av. 3a. ning boshlarida hundar Uxuanlarni oʻziga boʻysundirib Uxun togʻi yon bagʻriga koʻchirtirganlar. Shundan boshlab ular uxuan deb atala boshlagan. Mil. av. 119-y. Xan imperiyasi qoʻshinlari hunlar bilan urushganda, xitoylar hunlarga qarshi kurashda ulardan foydalanish uchun Uxuanlarni sharq tomonga koʻchishga majbur qilganlar. Mil. av. 1-a. ning boshlarida Uxuanlar kuchayib nafaqat Xan hukmdorlariga, balki hunlarga ham qarshi harakat qilgan. Ammo hunlar ular ustidan gʻalaba qilib, qaytadan oʻz fuqaroligiga oʻtkazgan. Shundan keyingi 2—3a. lar davomida Uxuanlar goh xunlar, goh xitoylar taʼsirida boʻlib turgan. Mil. 207-y. Vey hokimligi hukmdori Sao Sao Uxuanlarni tormor keltirib, 200 ming nafar kishini asirga olgan. 10 ming oilani esa, Xitoyning markaziy tekisligiga koʻchiradi, qolgan qismini Manjuriyada qoddiradi. Shundan keyin, Uxuanlar astasekin mahalliy xalq bilan aralashib, mustaqil xalq sifatida tarix sahnasidan yoʻqolib ketgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые