USULI HIJOIYA

USULI HIJOIYA (arab. boʻgʻin usuli) , boʻgʻin usuli — xatsavod oʻrgatish usullaridan. Bu usul soʻzlarning tovush tarkibiga emas, balki boʻgʻin (hijo)lar hosil qilib, ularni yod olishga asoslangan. Usuli hijoiyada soʻzdagi undosh tovushlarga tegishli unli tovushlar qoʻshilib, hijo xrsil qilingan, soʻng hijolar qushib oʻqilgan.

Usuli hijoiya taʼlimda qadimdan qoʻllanib kelgan. Mil. av. asrlardayoq Yunoniston va Rim davlatlarida savod oʻrgatish shu usul asosida olib borilgan. Oʻrta Osiyo, umuman Sharkdagi maktabxonalarda ham Usuli hijoiya uzoq davr hukmronlik qilgan.

Maktabxonalarda Usuli hijoiyada savod urgatish (harflar nomini yodlash, bugʻinlar hosil qilish, boʻgʻinlarni qushish) 3 bosqichga bulingan: 1bosqichda arab harflarining yozilish shakli bandlarga ajratilib yozib borilgan. Oʻquvchi har bir banddagi harflarni yodlab olgandan soʻng («alif», «be», «te», «se» tarzida) 2bosqichga oʻtilgan. Bu bosqichda har bir harfning nomi aytilib, unga «zeru zabar» qoʻshib boʻgʻin hosil qilingan (mas, «be» + «zabar» + «ba»). 3bosqich abjad uqish bilan boshlangan. Unda bolalar qoʻlidagi taxtachaga «abjad», «havvaz», «xutti», «kalaman», «saʼufas», «qarashat», «saxxaz», «zagʻaz» soʻzlari yozib borilgan. Bu soʻzlarning tarkibida arab alifbosidagi barcha 28 harf, chunonchi «abjad» soʻzida «be», «jim», «dol» harflari qatnashgan.

Boʻgʻin usulida savod oʻrgatish qiyin boʻlganligi sababli 19-a. dan uni birmuncha isloh etishga harakat qilindi. Xususan, yangi usuldagi oʻzbek maktablarida usuli maddiya (arab. — choʻzish usuli)da savod urgatish rayem buldi. Bu usulda harflarning nomiga unli tovushlar qoʻshilib, choʻzib boʻgʻin hosil qilingan. A. Avloniynish «Birinchi muallim», A. Ibodiyevttg «Tahsilulalifbo», M. Faxriddinotshnt «Rahbari avval» darsliklari usuli maddiya asosida tuzilgan. Usuli hijoiyaga nisbatan usuli maddiyaning birmuncha ijobiy tomoni boʻlgan: bola boʻgʻinning qanday hosil boʻlishini bir oz boʻlsada, anglagan, shu boʻgʻinlar qatnashgan soʻzlarni oʻqigan. 19-a. oxirlaridan yangi usuldagi maktablarda tovush usuli (q. Usuli savshiya) paydo boʻlib, Usuli hijoiya va usuli maddiyadan afzalligini koʻrsatdi va keyinchalik savod oʻrgatishda asosiy usul boʻlib qoldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x