USTARASIT — mineral. Kimyoviy tarkibi PbBi6S10. U. tarkibida Bi (60 — 65%), Pb(10ll%), Cu(0,3—1,4%), (Sbl,8— 6,8%) va S(17—18%) mavjud. Kristallari prizma shaklida boʻlib, vismutinga oʻxshash. Kulrang, metalldek yaltiraydi. Qattikligi 2,5. U. vismut, kobellit, kozalit, galenovismutin, vismutin, sheyelit va b. minerallar bilan assotsiatsiyada uchraydi. Ustarasit kam tarqalgan mineral boʻlib, Piskom togʻlaridagi Ustarasoy konida topilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые