USUL al-FIQH

USUL al-FIQH (arab. — fiqh asoslari, ildizlari) — islom shariatida asosiy manba hisoblangan Qurʼon, sunna, ijmo va ^ыyesni oʻrganadigan ilm. Shu 4 manba barcha islom maktablari tomonidan eʼtirof qilingan boʻlsada, soʻnggi 2 manbaning ahamiyati va imkoniyatini turli mazhab namoyandalari turlicha tushuntiradilar. Ayrim faqixlar huquqiy masalalarni oqilona bir tizimga solish va shaxsiy fikr (ray) asosida hal etishga intilsa, boshqalari barcha fiqh meʼyorlarini pirovard natijada xudoning vahiysi deb hisoblaydilar. Usul al-fiqh alf. ning rivojlanishi Muhammad ibn Idris Shoriʼiy nomi bilan bogʻliq. U «Kitob alumm» toʻplamiga kirgan «arRisola» asarida fiqhshunoslik asoslarini bayon etdi. Usul al-fiqh alf. ga koʻra, Qurʼon va sunna fiqhning asosiy manbaidir, chunki ular aniq feʼlatvor qoidalarini oʻz ichiga oladi yoki ularni ilohiy vahiylardan anglab olishning oqilona usullarini koʻzda tutadi. Ijmo 3manba hisoblanib, u Qurʼon va sunnada hal etib berilmagan masalalar yuzasidan mujtahidlarning yakdil fikri deb tushuniladigan bulgan. Qurʼon va sunnada aniq javob berilmagan savollarni oʻxshashligiga qarab hal etish usuli — qiyos fiqhning 4manbai deb eʼtirof qilinadi. Bundan tashqari, Usul al-fiqh alf. huquqiy yechimlarni izlashning boshqa oqilona usullaridan qoʻshimcha fiqh manbalari sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyadi. Qiyos kabi ular ham manba va ijtixrdga kiritilgan aniklik deb hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x