USSURIYSK (1898-y. gacha Nikolskoye qishlogʻi, 1926-y. gacha Nikolsk, 1935-y. gacha NikolskUssuriyskiy, 1957-y. gacha Voroshilov) — RF Primorye oʻlkasidagi shahar. Razdolnaya daryosi boʻyida. Vladivostok sh. dan 112 km shimolda. T. y. stansiyasi. Aholisi 157,8 ming kishi (2002). Mashinasozlik va kislorod z-dlari, yengil (tikuvchilik f-kasi, kunpoyabzal birlashmasi), oziq-ovqat (yogʻmoy, shakarqand, un va goʻsht ktlari) korxonalari bor. 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, Primorye davlat muzeyining boʻlimi mavjud. Shahar 1866-y. da barpo qilingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые