Tugʻruqdan keyin jinsiy aloqa – muddati, mayl kamayishi sabablari, tibbiy koʻrsatkichlar

Oilada farzand dunyoga kelgach hayot oʻzgacha koʻrina boshlaydi – barcha oila aʼzolari xursand boʻladilar. Ammo bu koʻpgina oilalarda ayol va erkaklarda jinsiy aloqa bilan bogʻliq boʻlgan muammolar kelib chiqadi. Tugʻruqdan soʻng qancha muddat oʻtgach jinsiy aloqaga kirishish mumkin? Bu haqida quyida batafsil maʼlumot beramiz.

Tugʻruqdan keyin qachon jinsiy aloqa qilish mumkin?

Ilk marotaba farzand dunyoga keltiradigan yosh onalar bilishlari zarur boʻlgan jarayon – bu tugʻruqdan keyingi jinsiy aloqaga kirishish biroz kechikishi mumkin. Chunki faqatgina 10% ayollar tugʻruq vaqtida jinsiy aʼzolar yoʻllarida jarohatlarsiz tugʻruqni boshlaridan oʻtkazadilar. Shu sababli “qachon mumkin?” kabi savollarga shifokorlar koʻpincha “4-6 haftadan soʻng” deya javob beradilar. Bu muddat ichida bachadon boʻyni yopiladi, qon kelishi toʻxtaydi, shilliq qavatlar tiklanadi.

jinsiy aloqa

Buyuk Britaniyalik olimlar izlanishlariga koʻra tugʻruqdan soʻng har toʻ​rt oilaning  birida jinsiy aloqa bilan bogʻ​liq muammolar qayd etilgan. Ayniqsa, birinchi marotaba farzand dunyoga keltirayotgan yosh oilalarda bu koʻrsatkich yuqori. Ular tugʻruqdan avvalgi vaqtda koʻproq jinsiy aloqa kirishgan boʻlsalar, farzand dunyoga kelgach intim hayot biroz susayadi. Bundan tashqari koʻpchilik erkaklarda ayollarini jinsiy aloqaga kirishlarini soʻrashlari qiyin kechgan.

38% ayollarda anonim soʻrov oʻtkazilganda jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq hissini sezishlari, ularning koʻpchiligi tugʻruqdan keyingi jinsiy aloqa avvalgi kabi boʻlmasligini taʼkidlaganlar. Ayollar buning sababini charchash, doimo bolakay bilan mashgʻul boʻlish bilan bogʻlaydilar.

Mutaxassislar tavsiyasiga koʻra oilada erkak va ayol bu mavzu haqida kelishib olishlari va jinsiy hayotni qayta tiklashda baravar harakat qilishlari zarur.

Jinsiy aloqa xohishining kamayishining sabablari

Seksopatologlarning taʼkidlashicha, jinsiy aloqaga boʻlgan xohish barcha insonlarda turlicha. Bir necha kun jinsiy aloqaga kirishmaslik koʻpgina insonlar uchun normal hisoblanadi. Hafta davomida jinsiy aloqaga kirishmagan koʻpgina insonlarda oʻzgarishlar kelib chiqadi, agar bu holat oylar davom etsa ularning kayfiyati va ruhiyatida oʻzgarish kuzatiladi.

Ammo, ayrim insonlar intim hayot bilan umuman qiziqmaydilar. Bunday insonlar aseksual deb yuritiladi. Albatta, bu tashxis inson sogʻligʻiga bogʻliq, masalan tugʻruqdan keyingi charchash, ayoldagi stress, erkakdagi ayrim muammolar sababli jinsiy aloqa xohishi biroz pasayishi insonning aseksual ekanligini bildirmaydi. Aseksuallarda jinsiy aloqaga kirishish istagi butkul yoʻqoladi – ularda gormonal fon shunday holatga kelib qoladi. Ammo, ular sevishlari, turmush qurishlari hattoki farzandli boʻlishlari ham mumkin.

Tugʻruqqacha boʻlgan hayotda har ikkala juft aʼzolarida jinsiy faollik boʻlsa, ammo tugʻruqdan soʻng bu holatning susayishi kuzatilayotgan boʻlsa, xavotirga oʻrin yoʻq, bu holat oʻtib ketadi, shunchaki organizmda katta stress va vitaminlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan boʻlishi mumkin (B12, D vitamini, magniy va mis).

Tibbiy koʻrsatkichlar

Jinsiy aloqa istagi bir necha omillarga bogʻliq:

  • Gormonal fon (homiladorlik gormonlari, sut ajralib chiqishiga javob beruvchi bu gormonlar tugʻruqdan soʻng kamida 1,5 oy oʻtgach normal holatga keladi);
  • Organizmning umumiy ahvoli (tugʻruq jarayoni – bu juda ogʻir kechuvchi, organizmga boʻlgan zoʻriqishdir);
  • Charchash hissi va stress (yangi tugʻilgan bolakay parvarishi, uning doimo yonida boʻlish ona uchun ancha qiyinchiliklar tugʻdiradi, ayniqsa ularning organizmi tugʻruqdan soʻng ancha zaiflashib qolgan boʻladi).

Nima uchun tugʻruqdan soʻng jinsiy aloqadan lazzatlanish hissi kamayadi?

Tugʻruqdan soʻng jinsiy hayot susayishining bir necha sabablari bor:

Charchash va stress. Koʻpchilik insonlar ish tartibi kun soatlari koʻproq, tungi uyqu vaqti esa kamroq. Ishdan uyga qaytgach faqatgina tushlik qilishga va uxlash uchungina kuch va vaqt qoladi. Ayollarda esa energiyaning koʻp qismi bolakay parvarishi uchun sarflanadi, tunga borib ular oʻzlarini juda charchagan holda his etadilar. Ular dam olishni faqatgina uyqu bilan oʻtkazadilar.

Bolakay. Oilada farzand dunyoga kelishi bilan “yangi boshliq” hukmronligi boshlanadi. Albatta, har qanday oilada farzand sogʻligʻi uning kayfiyati birinchi oʻrinda turadi. Onalar ham oʻz juftlaridan koʻra bolakay bilan koʻproq vaqt birga boʻladilar.

Tashqi koʻrinishdagi “muammolar”. Tugʻruqdan soʻng ayol tashqi koʻrinishida sezilarli oʻzgarishlar kuzatiladi (toʻliq tiklanish uchun kamida 4-6 hafta sarflanadi). Shu sababli ayollar oʻzlarini juftlari oldida biroz uyalganday his etadilar. Bunday holatda erkaklardan talab qilinadigan narsa ayolga boʻlgan xushmuomalalik va xushomatdir.

Tugʻruqadan keyin jinsiy aloqaning oʻziga xosliklari

Uyquga toʻymaslik, doimiy charchash hissi, kayfiyatning oʻzgaruvchanligi va boshqalar oilada intim hayot sifatiga taʼsir etadi. Bundan tashqari ayolda kuzatiladigan ayrim fiziologik holatlar ham jinsiy aloqa sifatini pasaytiradi:

Tugʻruqdan keyin qin oʻlchami va shilliq qavatining quruqlashuvi jinsiy aloqa vaqtida qiyinchilik tugʻdiradi. Gormonal oʻzgarishlar natijasida ayol organizmida, yaʼni qin shilliq qavati quruqligi kelib chiqadi. Odatdagidek yumshoq va nozik boʻlgan qin endi biroz diskomfort tugʻdiradi.

Ayol kishi ham jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq hissini sezadi. Shu sababli koʻpincha ayollar jinsiy aloqaga kirishishdan bosh tortadilar. Ammo, bu notoʻgʻri! Endi oilada farzand dunyoga keldi, barcha mamnun, shu qatorda sizning juftingiz ham har tomonlama xursand boʻlishi lozim.

Xoʻsh nima qilish kerak? Turli xil lubrikantlardan foydalanish jinsiy aloqani yengillashtiradi.

Tugʻruqdan soʻng qindagi boʻladigan oʻzgarishlar, yaʼni uning kengayisi koʻpgina ayollarda jinsiy aloqa bilan bogʻliq muammolar kelib chiqishi sababchisi hisoblanadi. 6 hafta ichida ham qinning holati tiklanmasa, bu albatta ayollarning beparvoligidan dalolatdir.

Qin va oraliq sohasini tugʻruqdan soʻng tiklash uchun Kegel mashqlarini bajarishning oʻzi kifoya. Bir kunda kamida 30 tadan 3 marotaba bajarish tavsiya etiladi. Kegel mashqining bir necha koʻrinishda bajarish mumkin. Ularning barchasida intim sohasidagi mushaklar harakatlantiriladi. Bu esa jinsiy aʼzolar oʻz formasini tiklab olishi uchun juda foydali hisoblanadi.


Oʻqing: Kegel mashqlari qanday bajariladi?


Tugʻruqdan soʻng jinsiy hayotni qanday tiklash mumkin?

Bolakay dunyoga kelgach hayotda “romantika”ga boʻlgan eʼtibor kamayadi. Bunga kuch ham vaqt ham yetmaydi. Ammo, bu juda muhim, gullar, sovgʻalar, xushomat qilish va erkalashlar oilada erkak va ayol kishi uchun juda zarur.

Erkak va ayol bir birini hurmat qilishi, muammolarni birgalikda hal etishi, bolakay parvarishida har ikkalasi ham oʻz xissalarini qoʻshmogʻi lozim. Faqatgina jinsiy aloqa haqida emas, balki sevgi, mehr kabi tuygʻular haqida ham oʻylash kerak. 5-10 yildan beri birga yashab kelayotgan juftlar esa bir birlariga ochiq oydin boʻlishlari, tashqi koʻrinish, kamchiliklar haqida gapirmasliklari zarur. Intim aloqalarni kuchaytiruvchi modda – afrodiziaklar mavjud, bu modda apelsin, muskatli yongʻoq, limon va pistada koʻp boʻladi, ulardan foydalanish ham mumkin.

Statistika

Tugʻruqdan oldin:

  • 60-70 % juftlar haftada 3-4 marotaba jinsiy aloqa bilan shugʻullanishgan;
  • 10-15 % 4 martadan koʻp;
  • 15-20 % 1-2 marotaba.

3 yil birgalikda yashagandan soʻng:

  • 70 % juft haftada 1-2 marotaba jinsiy aloqaga kirishgan;
  • 30 % 2-3 dan ortiq.

Farzand dunyoga kelganidan soʻng:

  • 60 % juft haftasiga 1 marotaba jinsiy aloqaga kirishgan;
  • 20 % 1-2 marotaba;
  • 20 % yosh oilalar bir oyda 1-2 marotaba jinsiy aloqaga kirishgan.

Tugʻruqdan keyin kontrasepsiya

Shifokorlar tugʻruqdan soʻng kontrasepsiya haqida unutmaslikni tavsiya etadilar. Tugʻruqdan soʻng ayol organizmi toʻliq tiklanib olgunga qadar qayta homilador boʻlmaslik, turli xil asoratlar shakllanmasligini taʼminlaydi.


Oʻqing: Kontrasepsiya nima? Uning qanday turlari va usullari mavjud?


0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x