USMONOV Fayzulla Asadullayevich

USMONOV Fayzulla Asadullayevich (1935.30.4, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995). Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Geol. va mineralogiya fanlari d-ri (1979). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini (1957), Toshkent un-tini tugatgan (1969). OʻzR FA Geologiya va geofizika in-tida ilmiy xodim va guruh rahbari (1957—84), boʻlim mudiri (19841992), int direktori (1992—2001), shu intda matematik geologiya lab. mudiri (1992-y. dan). Ilmiy faoliyati geologik tadqiqotlarni matematikalashtirish va kompyuterlashtirishta qaratilgan. Usmonov Rahimova b-n hamkorlikda birinchi marta Yer yoʻldoshlaridan olingan maʼlumotlar boʻyicha geologik obyektlarda minerallarni miqdoriy aniqlashning nazariyasi va uslublarini yaratdi. Usmonov statistik nazariy taxlil asoslarini va konlarni bashorat qilish uchun yangi matematik usullar tavsiya qildi va ular asosida kompyuter dasturlar majmuasini va «Geoanaliz» nomli kompyuter axborot tizimini yaratdi. U. Oʻzbekiston geologlari milliy qoʻmitasining vitse-prezidenta, «Geologiya va mineral resurslar» jurnali bosh muharriri.

As: Osnovы matematicheskogo analiza geologicheskix struktur, T., 1977; Matematicheskiye metodы v regionalnoy geologii i metallogenii, T., 1984.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x