USB orqali ulangan fleshka yoki tashqi xotira qurilmalarini bloklaymiz

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

USB orqali ulangan fleshka yoki tashqi xotira qurilmalarini bloklaymiz

Ko’p ishxona yoki ta’lim muassasalarida USB port bilan ishlashni bloklab qo’yishadi, buning har xil sabablari bor:
— Virusdan himoyalanish;
— tashqariga ma’lumot olib chiqib ketishni oldini olish;
— har xil o’yin va dasturlar o’rnatishni cheklash vahakazo.

Bloklash orqali, muammolarni bartaraf etib bo’lmaydi, chunki USB portsiz ham yuqoridagi ishlarni qilish mumkin. Bu bilan bloklash umuman foydasiz, demoqchi emasman, joyiga qarab.
Misol uchun, IT otdelni USB portlarini bloklashdan foyda yo’q, lekin bugalteriya, kassa kabi bo’limlarni bloklash orqali maqsadga erishish mumkin(urishib tashamela, bu oddiy misol holos).

Demak, Windows tizimida USB portlarni bloklaymiz, lekin shu bilan birga USB sichqoncha va klaviaturalar ishlayveradi.

1. Win+R → gpedit.msc va Enter.
2. Hosil bo’lgan oynaning chap tomondagi menyusidan «Конфигурация компьютера»→»Административные шаблоны»→»Система»→»Доступ к съемным запоминающим устройствам» bo’limiga kiramiz.
3. Shundan so’ng, o’ng tomonda har xil imkoniyatlar chiqadi, u yerdan «Съемные диски: Запретить чтение» yozuvini ikki martta bosamiz.
4. Tanlangan imkoniyatga tegishli oyna ochiladi, u yerdan shu imkoniyatni «Включено» orqali yoqamiz.
5. OK tugmasini bosib, chiqib ketamiz.

Shundan so’ng, fleshka yoki biror tashqi qurilma USB port orqali ulansa, bu qurilma paydo bo’ladi, lekin ichiga kirib bo’lmaydi.

☝️Windows 10 tizimida tekshirildi.

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x