URUSXON

URUSXON (? 14-a. ning 70-y. lari 2yarmi) — Joʻeki ulusittg sharqiy qismi — Oq Oʻrda xoni (14-a. ning 60-y. lari birinchi yarmidan). Urusxon davlatining poytaxti Sigʻnoq sh. boʻlgan. U. Oq Oʻrdadagi hokimiyatini mustahkamlab olgach, Oltin Oʻrdani xam oʻz tasarrufiga kiritishga harakat qilgan. 70-y. lar oʻrtalarida u Hojitarxon, VolgaKama Bulgʻoriyasi va Saroy Berka sh. ni egallagan. Toʻxtamish b-n koʻplab janglar qilgan. Bu janglarda gʻalaba doim Urusxon tomonida boʻlgan. Toʻxtamish Amir Temur huzuriga qochib borib, undan yordam soʻragan. Sohibqiron Joʻji ulusida boʻlib oʻtayotgan voqealarni ziyraklik bilan kuzatib borardi. Shim. Xorazm va Oq Oʻrda Movarounnahrga chegaradosh edi. U Oltin Oʻrda xoni oʻziga tarafkash, tobe boʻlishini istardi. Shu tufayli u Toʻxtamishni yaxshi kutib olib Urusxonga qarshi kurashida unga bir necha marta harbiy madad bergan. Biroq Urusxonning oʻgʻli Toʻxtaqiya Toʻxtamishga qaqshatqich zarba bergan, yarador Toʻxtamish Sirdaryo boʻyidagi qamishzorlarga yashiringan, soʻngra Sohibqiron panohiga qochib borgan. Urusxon Amir Temurning Buxorodagi qarorgohiga elchilar yuborib Toʻxtamishni topshirishni talab qilgan. Sohibqiron bu taklifni qatʼiy rad etib, tez orada oʻzi jangga kirishini aytgan. Amir Temur U. ga qarshi yurish boshlagan, qoʻshinni Sirdaryodan oʻtkazib, Oʻtror atrofidagi tekislikda qarorgoh qurgan. Urusxon qoʻshini esa, Sharafuddin Ali Yazdiyning maʼlumotiga koʻra, Oʻtrordan 24 farsax naridagi Sigʻnoqda joylashgan edi. Qattiq qish, tinimsiz yomgʻir va qor har ikki qoʻshin faoliyatiga taʼsir koʻrsatgan. Ular mayda toʻqnashuvlarni hisobga olmaganda, deyarli uch oy birbirlariga qarshilik koʻrsatmasdan roʻbaroʻ turganlar. Har ikki sarkarda hech bir natijaga erisholmagach, ortlariga qaytishgan. Shundan soʻng Amir Temur bir necha oy Keshda boʻlgan va Urusxonga qarshi yurish boshlash uchun oʻziga Toʻxtamishni yoʻlboshlovchi qilib olgan. Jayronqamishga yetganlarida Urusxonning vafot etganidan xabar topishgan. Urusxonning toʻngʻich oʻgʻli Toʻxtaqiya ham koʻp oʻtmay (1375) vafot etgan. Sohibqiron Toʻxtamishga kerakli aslahalarni berib, uni shu yerda qoldirib, oʻzi Samarqandga qaytgan.

Urusxon davrida Oq Oʻrdada suyurgʻol inʼom etish keng amaliyotda boʻlgan. Urusxon vafotidan soʻng va uning vorislarining qisqa muddatli hukmronligidan keyin Urusxonning barcha yermulklarini Toʻxtamish Amir Temur yordamida egallab olgan (14-a. ning 70-y. lari oxiri).

Ad.: Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Abduraimov M., Temur va Toʻxtamish, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x