URUK

URUK — 1) Jan. Mesopotamiyada mil. av. 4-ming yillikda tarqalgan eneolit davri arxeologik madaniyati. Uruk sh. nomi bilan atalgan. Mahobatli meʼmoriy inshootlar («Qizil bino» va «Oq ibodatxona» xarobalari ochilgan); sopol buyumlar, shumer tilida bitilgan yozuvli taxtachalar, muhrlar chiqqan. Xoʻjaligi: dehqonchilik, misni qayta ishlash, chorvachilik boʻlgan;

2) Shumerpyati shahardavlat (shumeriycha — Unug, Bibliyada — Erex, yunoncha — Orxoya). Mil. av. 28—27-a. larda (epik rivoyatlarda saqlanib qolgan yarim afsonaviy hukmdorlar Enmerkar, Lugalband, Gilgameshlar davrida) Jan. Mesopotamiyadagi shahardavlatlar Uruk gegemonligi ostida boʻlgan (Urukning 1sulolasi). Mil. av. 24-a. da Lugalzaggisi davrida U. Shumer poytaxti edi. 22-a. oxirida Uruk podshosi Utuxegal Ikki daryo oraligʻida «Shumer va Akkad podsholigi» barpo etgan, uning vafotidan soʻng hokimiyat UrNammu — Urning Shsulolasi asoschisi qoʻliga oʻtgan. Uruk mil. av. 1-ming yillik oxiriga qadar muhim shaharligicha qolgan. Mil. av. 8—2-a. larda — Bobil, soʻngra Axomaniylar va Salavkiylar davlati tarkibidagi muxtor sajdagoh shahar. Mil. 3a. da sosoniylar tomonidan vayron qilingan. Uruk oʻrnida hoz. Varka posyolkasi (Nosiriya sh. dan 65 km shim. gʻarbda) joylashgan. Urukda nemis arxeologlari tomonidan 20-a. boshidan muntazam ravishdagi arxeologik qazish ishlari olib borilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x