URUGʻ

URUGʻ — 1) oʻsimliklarda (semen) — urugli oʻsimliklar generativ organi, nihol hosil qilish, tarqalish va tashqi noqulay sharoitlardan muhofaza qilish funksiyalarini bajaradi; odatda, urugʻlangandan keyin urugʻkurtakdan rivojlanadi; baʼzan urugʻlanmasdan ham rivojlanishi mumkin (q. Apomiksis, Partenogenez). U. murtak (embrion), pust (krbiq) va koʻpincha zaxira oziq moddalar (endosperm, perisperm) dan iborat. Baʼzan Urugʻda bir necha murtak boʻlishi mumkin. Murtak zaxira oziq moddalar hisobiga rivojlanadi; bu moddalar endosperm va perispermda toʻplanishi mumkin. Endosperm va perisperm boʻlmagan urugʻlarda zaxira oziq moddalar (oqsil, yogʻ, kraxmal, qand, vitaminlar va b.) urugʻ pallalarda toʻplanadi. Urugʻ qobigʻi urugʻkurtak devoridan hosil boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar Urugʻ ining qobigʻi tashqi (etli, sersuv) va ichki (qattiq, quruq); boshqa oʻsimliklarniki qattiq, qalin yoki yupqa boʻladi. Urugʻning kattaligi va ogʻirligi har xil; mas, orxideyalarda chang kattaligida, palmalarda juda yirik. Bitta mevada bittadan bir necha ming, hatto mln. gacha Urugʻ boʻlishi; bitta oʻsimlik (ayniqsa, begona oʻtlar) minglab Urugʻ berishi mumkin. Har xil oʻsimliklar Urugʻ ining unib chiqish muddati turlicha boʻlib, bu Urugʻning saklanish sharoitiga bogʻliq. Tarixiy rivojlanish jarayonida Urugʻ oʻsimliklarning quruklik muxitiga moslanishi natijasida paydo boʻlgan. Urugʻ oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Urugʻdan un, moy, kraxmal, boʻyovchi va dorivor moddalar olinadi. Koʻpchilik oʻsimliklar Urugʻi yoki uni mol va parrandalarga yem sifatida beriladi. Gʻoʻza U. i (chigiti) tolalari (paxtasi) toʻqimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi;

2) odam va hayvonlarda Urugʻ — urugʻ suyuqligi, yaʼni spermadan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x