URINMA TEKISLIK — sirtning biror nuqtasidan oʻtib, shu sirtga eng jips yopishgan tekislik. a vektor F sirt ustida yotuvchi R nuqtadan oʻtuvchi egri chiziqning urinma vektori boʻlsa, u F sirtga R nuktadagi urinma vektor deb ataladi. Regulyar F sirtning berilgan nuqtasidagi urinma vektorlari toʻplami ikki oʻlchovli chizikli fazo hisoblanadi. f = f (i, v) tenglama bilan berilgan F sirtning (Ri0, v0) nuqtasidan oʻtuvchi va g Dn0, v0), f v(0> vo) vektorlariga parallel tekislik Urinma tekislik boʻladi. ts tekislik (Ri0, v0) nuktasidan oʻtuvchi tekislik: q nukta F sirtning R ga yaqin nuktalaridan biri; R va q nuqtalar orasidagi masofa d, q nuqtadan ts tekislikkacha boʻlgan masofa h boʻlsin. U hodda ts tekislik R nuktadagi urinma tekislik boʻlishi uchun lim 4 = 0 tenglikning bajari lishi zarur va yetarlidir. Agar regulyar sirt (fx, u, z)=0 tenglama bilan berilgan boʻlsa, u holda bu sirtning Щx0, Uo, Zg) nuqtasiga Urinma tekislik formulasi quyidagi koʻrinishda boʻladi: Markazi x0 nuqtada boʻlib, radiusi R ga teng boʻlgan 5R(x0) sferaning Urinma tekisliki shu nuktadan oʻtkazilgan radiusiga perpendikulyar boʻladi. Konus va silindrning R nuqtasidagi Urinma tekislik bu sirtlarning R nuqtasidan oʻtuvchi yasovchilaridan faqat bittasi orqali oʻtadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые