URCHUQ

URCHUQ, duk — tolalardan qoʻlda yoki mashinada ip yigirish va pishitish uchun muljallangan moslama yoki qurilma; yigirishpishitish mashinalarining asosiy ish organi. Sharq mamlakatlarida qoʻl U. qadimdan qoʻllanilgan, mashina U. lari 18-a. 2yarmida paydo boʻlgan (q. Yigirish). Qoʻl Urchuq yogʻochdan uzunchoq, oval shaklida yasalgan moslama boʻlib, ip yigiruvchi uni qoʻlda aylantirib turgan. Shunda tolalar (paxta, jun va b.) birbiriga ilashib, choʻzilib va buralib ingichka ipga aylangan. Mashina Urchuqlari patron, shpul va gʻaltak kiydirib qoʻyiladigan murakkab geometrik shaklli poʻlat shpindel. Kalava ip, pilta va iplarni pishitish (burash) hamda maʼlum oʻlcham va shaklda oʻramlar hosil qilishga muljallangan yigirish va pishitish mashinalarida qoʻllanadi. Urchuqning tabiiy tolalar (paxta, jun, zigʻir va b.) va kimyoviy tolalar uchun muljallangan turlari bor.

Koʻpchilik Urchuqlar egiluvchan (tasmali) uzatma, baʼzilari vintli gʻildiraklar b-n harakatlantiriladi. Kimyoviy tolalarni yigirish uchun muljallangan Urchuqlar elektr dvigatel bilan aylantiriladi. Gilam toʻqish, arqon eshish uchun yaraydigan yoʻgʻon iplar tayyorlashda kush buramli Urchuqlar qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x