URAL

URAL, Ural togʻlari — Osiyo bilan Yevropa qitʼalarini birbiridan ajratib turuvchi oʻrtacha balandlikdagi togʻli oʻlka, Osiyo bilan Yevropa chegarasi Uralning sharqiy etaklaridan oʻtadi. Shim. da Kara dengizi sohillaridan, jan. da Ural daryosigacha 2000 km dan ziyod choʻzilgan. Eni 40—60 km dan 150 km gacha (Janubiy Ural), eng baland joyi 1895 m (Narodnaya togi). Baʼzi olimlar Uralga jan. dan Mugʻojar togʻlarini ham kiritadi.

Ural nomining kelib chiqishi 2 xil: 1) Ural — kad. turkiy tildagi kamar, belbogʻ soʻzidan;

2) boshqird xalq eposidagi Ural Botir nomidan deb talqin qilinadi. Ural tabiati va resurslarini oʻrganishga 18—20-a. larda rus olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar.

Ural tabiatining kompleks xususiyatlari, 1navbatda geogr. si va relyefiga koʻra 5 tabiiy oblastga boʻlinadi:

1) 68°23ʻ — 65°40ʻ sh. k. lar orasidagi Qutbiy Uralda — tundra va oʻrmonli tundra;

2) 64° sh. k. gacha davom etgan Qutb yoni Uralda — togʻ oʻrmon tundrasi va shim. tayga;

3) 59°08ʻ sh. k. gacha davom etgan Shimoliy Uralda — tayga;

4) 55°55ʻ sh. k. gacha davom etgan Oʻrta Uralda — jan. tayga va aralash oʻrmonlar;

5) Ural daryosigacha tushib kelgan Janubiy Uralda — oʻrmonli dasht va dasht landshaftlari ustun.

Uralning gʻarbiy yon bagʻri va Uraloldi chekka egilmasida, ayniqsa, Silva daryosi (Chusovaya daryosining irmogʻi) havzasida karst jarayonlari kuchli rivojlangan boʻlib, bir qancha yirik gʻor (Divya, Kungʻur, Kapova), koʻplab karst voronkalari va choʻkmalar uchraydi.

Ural relyefiga koʻra, oʻzaro parallel joylashgan qator (2—3 tadan, jan. da 7—6 tagacha) past va oʻrtacha balandlikdagi tog tizmalaridan hamda ular orasidagi boʻylama vodiylardan iborat. 55 va 54° sh. k. lar orasida joylashgan Janubiy Ural b-n shimolidagi Kutbiy Uralning orografiyasi ancha murakkab.

Ural gersin burmalanishida (yuqori paleozoy) shakllangan. Bu davrda kuchli vulkanizm jarayoni sodir boʻlgan. Geologiktektonik jihatdan Ural garbdan sharqqa choʻzilgan bir nechta yoshi va tarkibi jihatdan turli togʻ jinslaridan tashkil topgan strukturaviy zonalarga boʻlingan. Bulardan eng yirigi kembriygacha va paleozoy davri metamorfik, otqindi va choʻkindi togʻ jinslaridan tashkil topgan Markaziy Uraltov antiklinoriysidir. Bunga Ural togʻining suvayirgʻich qismi toʻgʻri keladi. Undan gʻarbda choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan Uraloldi chekka egilmasi, sharqda esa oʻrta paleozoy otqindi va dengiz choʻkindilari bilan toʻlgan sinklinoriy tipidagi egilmalar guruhi joylashgan.

Mezozoy davrida Ural yemirilgan va pasaygan. Uning hoz. relyefi yangi tektonik koʻtarilmalar taʼsirida shakllangan. Ayni vaqtda nurash va denudatsion jarayonlar ham kuchaygan. Shuning uchun eng baland tizmalar va choʻqqilar nurashga chidamli tog jinslaridan (kvarsit, gabbro va b.) tashkil topgan, tizmalar orasidagi botiqlarda choʻkindi togʻ jinslari toʻplangan va ularda keyingi erozionakkumulyativ jarayonlar ishi natijasida dare vodiylarida bir qancha terrasalar hosil boʻlgan. Hoz. daryo terrasalarining soni 3—5 ta. Relyefda tashqi omillardan nurashning roli katta. Qutbiy Uralda muzlik va muzlik relyef shakllari, Shim. va Oʻrta Uralda relyefning quyidagi tiplari ajratiladi:

1) Marka ziy oʻq zonaning togʻvodiy tipi, unda qad. peneplenlar, qurumlar, togʻ terrasalari va muzlik relyefi shakllari asosiy oʻrin tutadi;

2) Uralning gʻarbiy yon bagʻridagi karst relyefi keng tarqalgan past togʻlar — «parmalar» tipi;

3) Ural oldi toʻlqinsimon akkumulyativ tekisligi;

4) Sharqiy yon bagridagi yassi, qoldiq togʻlar relyefi tipi;

5) Oʻrta Uralning sharqiy yon bagridagi sertepa uvallar relyefi;

6) Janubiy Uralning sharqiy qismidagi dengiz akkumulyativ tekisligi. Uralda Perm, toshkoʻmir, devon davrlarining dengiz va kontinental qatlamlari, sineklizalarda mezokaynozoy choʻkindi jinslari eng koʻp tarqalgan.

Iqdimi kontinental togʻ iqlimi. Meridian yoʻnalishi boʻylab katta masofaga choʻzilganligi turli qismida Quyosh radiatsiyasining har xil tushishiga va shim. dan jan. ga traning oshib borishiga olib keladi. Iklimning kontinentalligi gʻarbdan sharqqa va shim. dan jan. ga ortib boradi. Uning sharqiy qismida gʻarbiy qismiga nisbatan tra 1—2°ga past. Gʻarbiy qismida yanv. ning oʻrtacha t-rasi Qutbiy Uralda —20°, —21°, Janubiy Uralda esa —15°, —16°. Sharqiy qismida —22°, —23° (Qutbiy Uralda), —16°, —27° (Janubiy Uralda). Iyulning oʻrtacha t-rasi shim. qismida 9—10°, jan. da 19—20°. Yogʻingarchilikning taqsimlanishiga uning relyefi katta taʼsir koʻrsatadi. Yillik yogʻin gʻarbiy yon bagʻirlarida sharqiy yon bagʻirlariga nisbatan 150—300 mm koʻp. Eng koʻp yogʻin (1000 mm gacha) Qutb yoni va Shimoliy Uralning suvayirgʻich qismi yaqinida tushadi, bu yerda qor qoplami ham qalinroq (90 sm gacha). Janubiy Uralning gʻarbiy yon bagʻrida yillik yogʻin 650—750 mm, sharqiy yon bagʻrining shim. qismida 500—600 mm, jan. qismida esa 300—400 mm. Yogʻinning asosiy qismi yoz oylarida tushadi.

Uralning daryolari Shim. Muz okeani va Kaspiy dengizi xdvzalariga oqadi. Shim. Muz okeani havzasiga gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanuvchi Pechora (Usa bn), sharqiy yon bagʻirlaridan Ob daryosining irmoklari, Kaspiy dengizi havzasiga Kama, Chusovaya, Belaya, Sakmara, Ural va b. kiradi. Qutb yoni va Shimoliy Uralning gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanuvchi daryolar sersuv, eng koʻp suv may—iyunda oqib oʻtadi. Janubiy Uralning sharqiy qismidan boshlanuvchi daryolar kam suvli, bularning baʼzilari yezda qurib qoladi.

Daryolar, asosan, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. 5—7 oy muzlaydi.

Uralda tuproqoʻsimlik qoplami kenglik zonalligi, balandlik mintaqalari qonuniyati boʻyicha tarqalgan va dasht, oʻrmon landshaftlari va ularga xos tuproq va oʻsimliklar tarkib topgan. Dasht landshaftlari Janubiy Uralda ayniqsa, keng. Uning shim. va balandroq qismlarida oʻrmonli dasht koʻp uchraydi. Chimli podzol tuproklarda zarang va joʻka aralash qayinzorlar, qoratuprokdarda chalovturli oʻtli va shuvoqchalov dasht oʻsimliklari oʻsadi. Eng jan. da kashtan tuprokdar tarkalgan. Podzol tuproklarda igna bargli oʻrmonlar (qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr, qaragʻay, tilogʻoch), aralash oʻrmonlarda sur oʻrmon tuprokdari va igna barglilar b-n aralash oʻsuvchi oq qayin, togʻ teragi, joʻka, eman, zarangli oʻrmonlar keng tarqalgan. Oʻrmon landshaftlaridan yuqorida, ayniqsa, Qutbiy, Qutb yoni, Shimoliy Uralda gols landshaftlari uchraydi. Bu yerlarda tundra zonasida togʻ tundra landshaftlari (yoʻsin, lishaynik va b.), botkrkdik oʻsimliklari katta maydonni egallagan. Uralning hayvonot dunyosi xilmaxil, turli tabiat zonalari hayvonlari mavjud. Qutbiy Uralda qutb tulkisi, lemming, bugʻu, oq kaklik va b. yashaydi. Yozda koʻplab qushlar (gʻoz, oʻrdak) uchib keladi. Oʻrmonlarda qoʻngʻir ayiq, silovsin, rosomaxa, boʻrsiq, olmaxon, suvsar, oq tovushqon; qushlardan — qur, karqur, chil, kedrxoʻr, klest, qizilishton, qorashaqshaq, boyqush, kakku, dasht va oʻrmonli dashtlarda kemiruvchilardan malla tovushqon, sugʻur, qoʻshoyoq, turli ilonlar bor. U. da olachipor bugʻu, ondatra, qunduz, maral, amerika norkasi, yenotsimon it ikdimlashtirilgan. Daryo va koʻllarda baliqlarning turli xillari (xarius, choʻrtan, laqqa va b.) mavjud. Uralda PechoraIlich, Visim, Boshqird, Ilmen qoʻriqxonalari tashkil etilgan.

Ural tabiiy resurslarga, ayniqsa, foydali qazilmalar va oʻrmonga boy. Temir, mis, nikel, xrom, kremniy, molibden, volfram, vanadiy, titan, kobalt, boksit, magniy, marganes va b. rudalarning konlari ochilgan. Qimmatbaho rudalardan surma, margimush, vismut, kobalt, kadmiy, oltin va b., qimmatbaho va nodir toshlardan zumrad, olmos, turmalin, ametist, safsar, topaz, bezak va texnik toshlardan marmar, malaxit, yashmaga boy. Binokorlik xom ashyolari va mineral shifobaxsh suv boyliklari mavjud. *ʻSh*$ • ** U. hududida odamlar (bundan 75 ming yil avval) ilk paleolit davri oxirlarida paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davriga oid (35—10 ming yil avval) bir necha qarorgoxlar ham topilgan. Neolit davriga kelib, Uralda birbiriga qarindosh qabilalar shakllana boshlagan. Janubiy r-nlarda chorvachilik va ibtidoiy deqqonchilik (yer chopish) mana shu davrda paydo boʻlgan. Mil. av. 2-ming yillik boshlarida Uralda mis, jezdan foydalanila boshlangan. Mil. av. 8—7-a. larda Ural dagi qabilalar temir eritib olish texnikasini egallaganlar. Yirikyirik qabilalar uyushmasi paydo boʻlgan, chunonchi, Janubiy Ural choʻllarida sarmatlar, Kama daryosi boʻylarida Ananino madaniyatiga mansub kabilalar yashagan. Mil. 3a. dan boshlab Ural xududida qad. aholi oʻrtasida juda koʻp koʻchish hodisalari yuz bergan. Ural aholisi Turon, Eron, Vizantiya bilan mol ayirboshlash aloqalari olib borgan.

I. ch. kuchlarining rivojlanishi natijasida mil. 10—11-a. larga kelib, Ural qabilalari hayotida ibtidoiy jamoa tuzumi barham topgan. Zamindorlik munosabatlarning shakllanish jarayoni komipermyak, udmurt va boshqirdlarning avlodlarida tezroq, xanti va mansilar avlodida sekinroq boʻlgan.

Ruslar U. ga oʻrta asrlardan kela boshlagan. Uralning shimolida Novgorod ushkuinuklari drujinalari paydo boʻlgan (14-a.) Yugor yeri, keyinroq esa Perm yeri ham Novgorod volostlariga aylantirilib, u yerga ruslar borib oʻrnasha boshlagan. 12—14-a. larda Ural dagi yerlarni egallash uchun Novgorod va VladimirSuzdal, soʻngra Moskva knyazliklari oʻrtasida kurash ketgan. 15-a. oxirlariga kelib, yuqori Kama boʻyi yerlarini Moskva davlati egallab olgan. Qozon xonligi bosib olingach (1552), Boshqirdistonning katta qismi va Udmurtiyaning Kama boʻyi qismi ham 1557-y. Rossiya tarkibiga kiritilgan. Bir qancha rus qishloqlari: Ufa (1574), Sarapul (1596) va b. vujudga kelgan. Podsho inʼomlari va yerlarning bosib olinishi natijasida Kama boʻyida Stroganovlar votchinalari paydo boʻldi. Bu yerda Piskor (1558), Oryolgorodok (1564), Nijniy Chusovsk (1568) va b. shaharchalar qurildi. 1574-y. Ivan IV hukumati tomonidan Stroganovlarga xali Rus davlati egallashga ulgurmagan Ural orqasidagi yerlarni boʻysundirishi uchun yorliq berildi. Shundan soʻng Uralning sharqiy tomonida rus qalʼa va shaharlari vujudga kela boshladi.

17-a. da ruslar Jan. va Oʻrta Uralni egallashgan. Kungur sh. (1649), yirik hunarmandchilik qishlogʻi — Novoye Usolye (1606), Irbit (1668) slobodalari paydo boʻldi. Ural xalklarining hayotida 16 — 17-a. larga kelib zamindorlik munosabatlari toʻla shakllangan. 18-a. boshida Uralda zavodlar qurilishi keng avj oldi. 18-a. ning 1yarmida 63 ta metallurgiya z-di qurildi. 3dlar qurilishi 18-a. ning 50—60-y. larida ham davom ettirildi (yana 67 ta korxona vujudga keldi), ammo keyinchalik bu surʼat pasaydi.

1648-y. dan Cherdin va Solikamskda, 1703-y. Kungur uyezdida qoʻzgʻolonlar 1773—75 y. larda Ye. Pugachyov boshchiligida dehqonlar urushi boʻlib oʻtdi. 18-a. da Yekaterinburg (1723), Orsk (1735), Orenburg (1743) va b. shaharlar vujudga keldi. 19-a. ning 2yarmida shahar aholisi tez oʻsdi. Samara — Orenburg (1876), Gornozavodsk (1878), Yekaterinburg — Tyumen (1885), Samara — Ufa — ZlatoustChelyabinsk (1896) t. y. lari qurildi. 19-a. ning oxirida Uralda 300 ming sanoat va t. y. ishchisi bor edi.

Ad.: Ekonomicheskaya geografiya Urala [Sb. st. ], 1974; Voprosы geografii Urala, [Sb. st.), 1970; Istoriya Urala, t. 1—2, Perm, 1963—65; «Otechestvo», M, 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x